Talab va taklifning o`zgarishi
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste`molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko`rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog`liqdir.
2.2-rasm. Taklif egri chiziqlari
Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog`liqdir. Tovarga bo`lgan talab esa iste`molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog`liqdir.
Shu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o`zgarganda qanday o`zgarishini chiqamiz.
Taklif chizig`i dan boshlaymiz. 2.3-rasmdan ko`rinib turibdiki, narx bo`lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori ga teng. endi faraz qilaylik, xom ashyo narxi kamaydi, demak, bir birlik mahsulot xarajati kamayadi. Bu taklifga qanday ta`sir qilishi mumkin?
Xom ashyo narxining kamayishi, mahsulotga bo`lgan xarajatning kamayishiga olib keladi, xarajatning kamayishi esa, ishlab chiqarish samarasini oshiradi va ko`proq foyda olishga olib keladi. Bu o`z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag`batlantiradi va ilgari rentabel bo`lmagan firmalar uchun bozorga o`z tovarlari bilan kirib kelishga imkoniyat yaratadi. Demak, agar bozorda tovar narxi o`zgarmasa, ya`ni saqlanib qolsa, ilgaridagiga nisbatan, bozordagi mahsulot taklifi oshadi, natijada taklif egri chizig`i unga siljiydi. narxga birlik emas mahsulot miqdori to`g`ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning oshishi, bu erda narxga bog`liq emas, shu sababli taklif egri chizig`i butunlay o`ngga, ga siljiydi. Taklif egri chizig`ining bunday o`zgarishiga, ya`ni narxga bog`liq bo`lmagan holdagi o`zgarishiga taklif o`zgarishi deyiladi. O`zgarmas taklif egri chizig`idagi biror nuqtadan pastga yoki yuqoriga qarab harakat qilishga taklif miqdorining o`zgarishi deyiladi.
Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig`iga boshqacha ta`sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o`zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o`zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya`ni uning narxi dan ga o`zgaradi. Bu o`zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog`liq emas. Natijada, taklif egri chizig`i o`ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o`zgarishining taklif chizig`iga ta`sirini o`rganishda, yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo`lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarishlar yangi taklif egri chizig`ining talab chizig`i bilan muvozanatga kelishi bilan bog`liqdir (2.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: |