2- mavzu. Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun-mohiyati


“Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni



Yüklə 272,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü272,33 Kb.
#196092
1   2   3   4   5
2- mavzu. Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati reja Axbor

“Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni 
(11.12.2003 yil) 
19-moddasida ko’rsatilganidek, axborot resurslari va axborot 
tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20- 
moddasida: 
“Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy 
munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining 
mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar 
yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va 
jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z 
ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini 
ta’minlashi shart”, 
deb alohida ko’rsatilgan. 
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
·
Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; 
·
Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o’rtasida
axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar; 
·
Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga 
xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari; 


·
Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash 
va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar; 
·
Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari; 
·
Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar; 
·
Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma 
komponentlarini
boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar; 
·
Davlat organi to’g’risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot 
yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydigan 
quyi tizimlar; 
·
Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar; 
·
Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi 
xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar. 

Yüklə 272,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin