Yetti yoshli bolalarda, agarda ular MTTda bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo’lsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O’yin guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o’rtacha soni ikki-uch kishiga yetadi, ba’zan, ayniqsa, o’g’il bolalarda 8-9 kishidan iborat o’yin guruhlari vujudga keladi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko’nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o’rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun keltiriladigan dalillar, baholar o’z mazmuniga ko’ra yanada takomillashib boradi. Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do’stona munosabatlarga bo’lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o’z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bo’ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTT sidagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma bilan do’st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»). Axloq normalari va qoidalarini o’zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etik o’lchovlar uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o’z shaxsiga nisbatan qo’llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:
Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:
- katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish, tomosha ko’rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;
- o’z yaqinlari bo’lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog’liqlik hissiyotlarini, o’zaro bir-birini tushunish va hamdard bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash uchun bolalarning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq-shavq, qayg’u, xotirjamlik, g’azab, jahl, tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoidalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda boshqa odam charchagan, unchalik sog’lom emas, o’zini yomon his qilayotgan bo’lsa, nimagadir xafa bo’lsa, tashvishga tushgan bo’lsa unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nutqiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilish;