Ishning maqsadi:Parallel ulangan o’tkazgichlarning umumiy elektr qarshiligini aniqlash.
Kerakli asbob va jixozlar:Jhp-3000A rusumli tok manbayi, voltmetr, ampermet, turli xil eliktir qarshiligiga ega bo’lgan qarshilik (rezistor)lar to’plami,kalit va ulash simlari.
NAZARIY QISM
Qarshiliklari R1 vaR2 bo’lgan o’tkazgichlar 20- rasdam tasvirlanganidek ulansin. O’tkazgichning bunday ulanishiga parallel ulashdeyiladi. A tuguga kirib kelayotgan I tok kuchi ikki qisimga tarmoqlanadi va buda R1 o’tkazgich orqali I1 tok kuchi va R2 o’tkazgich orqali I2 tok kuchi o’tadi.
Tugunga kirib keluvchi tok kuchining miqdori undan chiqayotgan tok kuchlari miqdorilarining algebraik yig’ndisiga teng, ya’ni
I=I1+I2 (1)
Tarmoqlangan zanjirda o’zaro parallel ulangan o’tkazgichlardagi kuchlanishlar tushishi o’zaro tengdir:
U=U1=U2 (2)
Yani zanjirning birqismi uchun Om qonuniga binoan quydagini yozishimiz mumkin:
I1*R1=I2*R2 (3)
(3) ifodadan o’aro parallel ulangan o’tkazgichlar orqali o’tayotgan tok kuchlarining nisbati ularning elektr qarshilik nisbatiga teskari munosabatda ekanligi kelib chiqadi, yani
I1/I2=R2/R1 (4)
Zanjirning birr qismi uchun Om qonunini va (2) tenglikni etiborga olgan holda zanjirni tarmoqlanmagan va tarmoqlangantok kuchi uchin quydagi ifodani hosil qilamiz:
I=U/R, I1=U/R1, I2=U/R2
va (5) munosabatlardan
U/R=U/R1+U/R2 yoki 1/R=1/R1+1/R2
ga ega bo’lamiz. Demak, o’tkazgichlar parallel ulanganda zanjirning umumiy qarshiligi kamayib, zanjir orqaliko’proq tok oqib o’tar ekan.