Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Fan va texnikaning tez sur’atlarda rivojlanishi, barcha fanlar qatori fizika fanini o`rganishda uning mazmuniga, xususan, fizikani o’qitish metodikasiga nisbatan yangicha talablar qo’yilmoqda. Fizika o’qitish metodikasining asosiy dolzarb muammolaridan biri, mazkur fanning rivojlanishini inobatga olgan xolda, mazmunan yangilangan, zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etilgan o’quv-uslubiy majmualarni yaratishdan iborat. Bugungi kunda nafaqat talabalar balki, maktab o`quvchilari ham kompyuter va axborot texnologiyalari yordamida ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda, ilmiy-metodik izlanishlarni olib borishda, hamda internet tarmog’idan bevosita, ham unimli, ham samarali foydalanmoqdalar.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: O’quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalari, hayot va axborot olami uchun zarur bo’lgan texnik vositalar va dasturiy ta’minot bilan tanishtirish, fizika ta’limi jarayonida va amaliy laboratoriya ishlarida axborot texnologiyalarini qo’llashga oid bilim va ko’nikmalar berish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: - o’quvchilarga axborot texnologiyalari asosini o’rgatish, ularni fizika o’qitishda qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarini egallashlarini ta’minlashdan;
- axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida o’quv materiallarini modellar ko’rinishida taqdim etish ko’nikmalarini shakllantirishdan.
-axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilish tamoyillarini bilish uslubini shakllantirish
-kompyuter va kommunikasiya vositalari, ularning xarakteristikalarini bilish;
-fizika ta’limi jarayoni va ilmiy izlanishlarida Internetdan foydalanish;
-ta’lim jarayonida kompyuter va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish metodologiyasini bilish;
-fizika sohasida ilmiy izlanishlarning dasturiy ta’minotidan foydalanish;
-ta’lim jarayonida amaliy masalalarni va laboratoriya ishlarini bajarishda axborot tarmoqlarini qo’llash;
Fizika - Matematika, Informatika, Kimyo, Biologiya va shu kabi tabiiy fanlar bilan bog’liq. Matematik hisoblashlar natijasida fizika masalalarining aniq yechimlarini hisoblash mumkin. Informatika va AT yordamida fizika fanini o`qitishning yangicha yondashuvi yani elektron o`quv darsligi, animatsion va vertual laboratoriya mashg’ulotlaridan foydalanib o`qitsh. Bu dasturli vositalar yordamida o`quvchilarning mavzu mohiyatini chuqurroq tushunishlarida va fizika fanini o’zlashtirib olishlarida, shu bilan birga, ularning mustaqil fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu kursni yaxshi o’zlashtirish uchun «Informatika» kursini mukammal o’rganishlari talab etiladi. Kursni o’rganish jarayonida olingan bilimlar turli xil amaliy, laboratori ishlarini bajarishda qo’l keladi.
O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash mavzusini o’qitishda axborot texnologiyalari» kursi fizika, informatika fanlari uchun nazariy va amaliy vazifasini o’taydi.
«O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash mavzusini o’qitishda axborot texnolgiyalari» fizika va astronomiya ta’lim tizimida, o’qitishda. global axborot tarmoqlari - Internet xizmatlari, audio, video vositalarning turlari va ularni qo’llash metodologiyasi, zamonaviy kompyuter va kommunikasiya texnikasi vositalaridan foydalangan holda ma’ruza va amaliy maqulotlari uchun ko’rgazmali taqdimotlar yaratishni o’rgatish, kompyuterda bajarilishga mo’ljallangan laboratoriya ishlarini o’lchashlar natijalarini taxlil qilish, shuningdek fizika bo’yicha virtual stentlar va taqdimotlar tayyorlash, zamonaviy matn va taqdimot muharrirlari, asosiy xossalari va imkoniyatlarini qo’llashdan iborat.