2.1 Axborot texnologiyalarining usul va vositalari.
“Axborot” so’zi lotincha “informasion” so’zidan olingan bo’lib, kutilayotgan yoki bo’lib o’tgan voqyea, hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari. xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Zamonaviy telekommunikasiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko’nikma va malakalariga boqliq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o’zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikasiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma’lum bo’lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikasiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
XX asrning so’nggi o’n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Kundalik turmushda turli ko’rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to’qri keladi. har bir turdagi axborot bilan ishlash (yiqish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o’ta kuchli prosessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
hozirgi kunda ta’lim sohasida o’qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda, chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. o’qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
a) ta’lim tizimining barcha pog’onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo’g’inligini ta’minlash;
b) barcha sohalar bo’yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
v) axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinasiyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va x.k.);
g) texnik ta’minotni — kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko’rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
d) telekommunikasiya (xavo orqali, yerning sun’iy yo’ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;
ye) ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va x.k.).
Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o’z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektlari haqida gap yuritamiz.
Bunday obyektlarga sonlar (o’lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimasiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.
Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot obyektlarini yaratish, kerakli axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yiqish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko’rinishda tasvirlash, axborot obyektlarini (matn, suhbat, rasm, o’yin va boshqa ko’rinishda) uzatish, modellashtirish, loyixalash, obyektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
- uskunaviy dasturiy ta’minot;
- virtual matn konstruktorlari, multiplikasiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran prosessorlari va x.k.;
- axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;
- texnik ko’nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va x.k.)
hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolaqa bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.
hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boqliq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar xam kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi.
Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashtirish, bir-biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqyealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o’rganadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkaziladi.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qati nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, o’quvchida ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, o’quvchini o’quv jarayonining subyektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
• muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari;
• kompyuter darslari — ko’rgazmali material sifatida;
• o’quvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
• o’quvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
• o’quvchini o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’qri tashkil qilish masalalarini hal etishda va x.k.
Dostları ilə paylaş: |