2-Amaliy ish Mavzu: Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi. Ishdan maqsad. C++ dasturlash tilida dastur tuzilishi va alifbosi, ma`lumotlarning asosiy turlari bilan tanishish, kiritish-chiqarish operatorlari, matematik funksiyalar va konstantalardan foydalanishni o’rganish.
Nazariy qism. Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko’rsatiladi. Chiziqli algoritmlarning blok- sxemasini umumiy strukturasini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
Sodda operatorlar tarkibida boshqa operatorlar bo`lmaydi. Bularga o`zlashtirish, kiritish, chiqarish, shartsiz o`tish va bo`sh operatorlar kiradi.
Murakkab operatorlar o`z ichiga bir necha sodda operatorlarni olishi mumkin. Har bir murakkab operator programmada “{“ va “}” simvollari orasiga olingan bo`lishi kerak! Murakkab operatorlarga shartli o`tish, takrorlanish, tanlash va birlashtirish operatorlari kiradi.
Ma’lumot tiplari.Dasturda biror ma’lumotni saqlash va qayta ishlashda har bir ma’lumot qandaydir tipda saqlanadi. C++ da sonlarni saqlash uchun bir nechta ma’lumot tiplari mavjud. Sonlar 2 xil bo’lishi mumkin: butin va haqiqiy sonlar.
C++ da son tiplari: