C++ da o`zgaruvchini e’lon qilish.
O’zgaruvchini e’lon qilishda dastlab o’zgaruvchi tipi yoziladi, undan so’ng o’zgaruvchi nomi yoziladi.
int a;
-2 147 483 648 dan 2 147 483 647 gacha bo’lgan butun sonni saqlashi mumkin bo’lgan a deb nomlangan o’zgaruvchi e’lon qilindi. O’zgaruvchini tavsiflashda unga qiymat berishimiz va birnechta o’zgaruvchini birgalikda tavsiflashimiz mumkin:
int main() {
int a = 10, b, c, d = 20;
double g = 9.81, s;
}
Bunda a, b, c va d int tipidagi o’zgaruvchilar tavsiflandi. a ning qiymati 10, g ning qiymati 9.81, d ning qiymati 20, b, c va s ga qiymat berilmagan.
Kiritish va Chiqarish
O’zgaruvchilarga qiymatni klaviatura orqali kiritish. Bu o’zgaruvchilardan foydalanib amallar bajarish va chiqarish mumkin.
Ikki sonning yig’indisini topadigan dastur tuzamiz. Kiruvchi o’zgaruvchilarni saqlash uchun ikkita o’zgaruvchi kerak.
#include
using namespace std;
int main() {
int a, b;
cin>>a>>b;
int c = a + b;
cout<}
Bu dasturni ko’rib chiqamiz.
#include - kiritish chiqarish(cin, cout)bilan ishlash uchun e’lon qilinadigan kutibxona.
using namespace std – standart kutibxonalardan foydalanganda har bir dasturda uni yozish lozim
int a, b – a va b o’zgaruvchilarni tavsiflash
cin>>a>>b cin – oz’garuvchilar qiymatlarini kiritish uchun xizmat qiladi. Dastlab kiritilgan sonni a o’zgaruvchi , keying kiritilgan sonni b o’zgaruvchi o’zida saqlaydi. Sonlarni probel yoki enter bilan ajratilagan holda kiritish mumkin.
int c = a + b – o’zgaruvchi a va b larning qiymatlari yig’indisini o’zlashtiradi. Bunda a va b larning qiymatlari o’zgarmaydi.
cout<
Formatli chiqarish – printf. Chiqarish printf funksiyasi ko’rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Standart oqim tushunchasi keyingi boblarda yoritiladi. Xozircha standart oqim sifatida monitor tushunilishi yetarlidir.
Funksiya stdio.h modulida joylashgan bo’lib, umumiy ko’rinishi quyidagichadir:
Dostları ilə paylaş: |