Birinchi jarayon - izotermik kengayish. Silindrning tubi issiqlik manbai bilan termik kontaktda bo’ladi. Sistema q1 issiqlik oladi va 1,2 chiziq bo’yicha izotermik hisobiga ish bajaradi. 2-nuqtada issiqlik manbai silindrdan ajratib qo’yiladi va sistema termik izolyasiyalanadi. (Silindrning tubi ideal issiqlik izolyasiya materiali bilan qoplanadi).
Ikkinchi jarayon-adiabatik kengayish. Gaz tashqi muhit bilan issiqlik almashmay 2,3 chiziq bo’yicha kengayadi porshen siljiydi va gaz o’zining ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi. Bunda temperatura va bosim pasayadi. Sistemaning temperaturasi sovutgichning temperaturasi T2 ga teng, porshenning harorati 3-nuqtada to’xtaydi. Shundan keyin silindr sovutgich bilan termik kontaktga keltiriladi va uchinchi jarayon boshlanadi.
Uchinchi iarayon-izotermik-siqilish. Porshen dastlabki holatiga sekin qaytadiki, gaz sovutgich temperaturasida issiqlikni uzatadi. Bunda tashqi kuchlar ustidan ish bajaradi. Uning hajmi kamayadi, temperaturasi o’zgarmay, jarayon esa ortadi 4-nuqtada sistema termik izolyasiya qilinadi.
To’rtinchi jaravon- adiabatik siqilish. Tashqi kuchlar tomonidan gazning siqilishi davom etadi, lekin bunda issiqlik almashinuvi bo’lmaydi. Gazning hajmi kamayadi, temperaturasi va bosimi ortadi. Temperatura issiqlik manbaining T temperaturasi Tt ga yetgach, siqilish jarayoni tuxtaydi va Kano sikli yopiladi.
Shunday qilib diagrammada karno sikli yopiq egri chiziq 1, 2, 3, 4, 1 bilan tasvirlanadi. Bunda shu egri chiziq bilan chegaralangan yuzaga son jihatdan teng ish L bajariladi. (1-rasm, a)
1-rasm, b da Karno siklining T-S diagrammada 1,2,3,4,1 yuza son jihatdan Karno siklining foydali ishiga aylantirilgan issiqlik miqdoriga teng. Ikkala diagrammada yuzalar o’zaro teng.
Karno siklining termik foydali ish koeffisenti ushbu formuladan topiladi.
Xulosa 1) Karno sikling termik f.i.k. shu jismning xossalariga bog’liq emas, balki, faqat absalyut T1 va T2 ning qiymati bilan aniqlanadi (Karno teoremasi);
2) Karno siklining termik f.i.k. qiymati Tt ortish T2 ga kamayishi bilan kattalashadi;
3) Karno siklining termik f.i.k. doimo birdan kichik bo’ladi, chunki u T5=0 yoki bo’lgandagina birga teng bo’lishi mumkin edi, ideal siklda ham bunday temperatura hosil qilib bo’lmaydi.