2– Amaliy ish Mavzu: Izobar, izoxor, izotermik jarayonlar, adiabatik va politropik jarayonlar. Ishdan maqsad


Karno sikli (davriyligi). Sovutish koeffisientini xisoblash



Yüklə 147,41 Kb.
səhifə8/12
tarix22.12.2023
ölçüsü147,41 Kb.
#190324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2– Amaliy ish

Karno sikli (davriyligi). Sovutish koeffisientini xisoblash.
Karno teoremasi.

Barcha ideal sikllar orasida 1824 yilda fransuz olimi Sadi Karno taklif qilgan va uning nomi bilan ataladigan sikl – Karno sikli eng mukammal sikldir.


Karno sikli qaytar sikldir. U to‘rtta jarayon: 2 ta izotermik va 2 ta adiabatik jarayondan tashkil topadi (8.2 – rasm).
p
p1 1
q1


p2 2


p4 4
3
p3 q2


v1 v4 v2 v3 v

8.2 – rasmda Karno sikli р – v diagrammada tasvirlangan. Bu siklda sodir qilinadigan jarayonlarni quyidagi tartibda tushuntiramiz:


Sistemaning boshlang‘ich holati 1 nuqta bilan aniqlanadi va parametrlari р1, v1 va Т1 ga teng.
1 – 2 izotermik kengayish. Bunda silindrning tubi issiqlik manbai bilan ulangan bo‘ladi. Sistema q1 issiqlikni oladi va 1 – 2 chiziq bo‘yicha kengayib ish bajaradi. 2 nuqtada sistema issiqlikdan uziladi.
2 – 3 adiabatik kengayish. Gaz tashqi muhit bilan issiqlik almashmasdan 2 – 3 chiziq bo‘yicha kengayadi, porshen siljiydi va gaz o‘zining ichki energiyasi xisobiga ish bajaradi. Bunda xarorat va bosim kamayadi. Sistemaning xarorati Т2 ga yetganda porshenning xarakati 3 – nuqtada to‘xtaydi. Shundan keyin silindr sovutgichga q2 issiqlikni berishi boshlanadi.
3 – 4 izotermik siqilish. Porshen dastlabki holatiga shunchalik sekin qaytadiki, gaz sovitgich xaroratida qoladi. Bunda tashqi kuchlar gaz ustida ish bajaradi. Uning hajmi kamayadi, bosimi esa ortadi, xarorati o‘zgarmasdan qoladi. Ishchi jismdan q2 issiqlik olinishi 4 – nuqtada to‘xtaydi.
4 – 1 adiabatik siqilish. Tashqi kuchlar tomonidan gazning siqilishi davom etadi, lekin issiqlik almashinuvi sodir bo‘lmaydi. Gazning hajmi kamayadi, xarorati va bosimi ortadi. Xarorat isitgichning xarorati Т1 ga yetganda siqilish to‘xtaydi.
Karno tsiklining termik FIKi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Karno sikli faqat to‘g‘ri yo‘nalishda emas, balki teskari yo‘nalishda ham sodir bo‘lishi mumkin. 8.3 – rasmda teskari Karno sikli р – v diagrammada tasvirlangan.


p
p1 1
q1 T1 = const


p2 2


dq = 0
p4 dq = 0 4
3
p3 q2
T1 = const
v1 v4 v2 v3 v


Teskari Karno sikli ham qaytar jarayonlardan xosil bo‘ladi. Ishchi jism boshlang‘ich holatidan 1 – 4 adiabata bo‘yicha kengayadi. Bunda atrof – muhit bilan issiqlik almashinuvi sodir bo‘lmaydi. Ishchi jismning xarorati Т1 dan Т2 ga qadar kamayadi. So‘ngra ishchi jism 4 – 3 izoterma bo‘yicha kengaya boshlaydi va Т2 xaroratli muhitdan q2 issiqlikni oladi. 3 – 2 bo‘yicha gazning adiabatik siqilishi sodir qilinadi va uning xarorati Т2 dan Т1 gacha ortadi. 2 – 1 izotermik jarayonda gazdan Т1 yuqori xaroratli muhitga q1 issiqlik beriladi.


Ko‘rib chiqilgan teskari siklda siqilishda bajarilgan ish kengayishda bajarilgan ishdan 14321 yopiq soxa yuzasiga teng bo‘lgan ish miqdorida kattadir. Bu sikl ishi issiqlikka aylanadi va q2 issiqlik bilan birgalikda Т1 xaroratli issiqlik manbaiga beriladi. Shunday qilib, teskari siklda l ishni sarflab sovuq jismdan issiq jismga q2 issiqlikni uzatish mumkin. Bunda issiqlik manbai oladigan issiqlik q1 = q2 + l ga teng.
Teskari sikl bo‘yicha ishlaydigan mashina sovutish mashinasi deyiladi.
Demak, teskari siklni yoki sovutish siklini xosil qilish uchun albatta energiya sarflash lozim. Sovutish mashinasining ishini baxolashda sovutish koeffisienti dan foydalaniladi.

yoki

Karno teoremasi: Karno siklining termik FIKi ishchi jismning xossalariga emas, balki faqat isitgich va sovutgichlarning xaroratlariga bog‘liq bo‘ladi.
Masala: Karno siklida maksimal bosim ; ; ;
Ishchi jism – azot. Siklning xarakterli nuqtalarida ishchi jismning paramertlarini va siklning termik F.I.K. ini hisoblang.
Berilgan:



Ishchi jism – 1 kg azot;

Yechish: 1 nuqtada solishtirma hajmini hisoblaymiz.

3 nuqtada solishtirma hajmi:
formuladan

2 nuqtadagi bosimni hisoblaymiz:

4 – 1 adiabata tenglamasidan;



Yüklə 147,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin