2– Amaliy ish Mavzu: Izobar, izoxor, izotermik jarayonlar, adiabatik va politropik jarayonlar. Ishdan maqsad


Mavzu: Aylanma jarayonlar. Karno sikli



Yüklə 147,41 Kb.
səhifə4/12
tarix22.12.2023
ölçüsü147,41 Kb.
#190324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2– Amaliy ish

Mavzu: Aylanma jarayonlar. Karno sikli.


Ishdan maqsad: Aylanma jarayonlar va sikllar qaytar va qaytmas jarayonlarni o’rganish.


Nazariy ma’lumot.

Ma’lumki, jismning bosimi va hajmi bilan harakterlanadigan holati PV-diagrammada nuqta bilan tasvirlanadi. Bunday diagrammada jism holatining o’zgarishi termodinamikaviy jarayon egri chizig’i bilan ifofodalanadi. Jism bir qancha o’zgarishlarga uchrab, yana boshlang’ich holatiga qaytib keladigan ketma-ket qator jarayonlar aylanma jarayon, boshqacha aytganda sikl deyiladi.


Xozirgi zamon issiqlik dvigatellarini hisoblash issiqlik mexanikaviy ishga aylantiriladigan ideal aylanma jarayonlarga, ya’ni ideal sikllarga asoslangan. Real dvigatellarda sodir bo’ladigani haqiqiy issiqlik jarayonlarining mukammalligini baholash uchun ideal sikllarni o’rganish zarur.
Barcha ideal sikllar orasida mantiqan va mazmunan sodda bo’lgan sinf- bu Karno siklidir. Bu sikl 1824 yili frantsuz dengiz ofiseri, injener -olim Karno Nikola Leonar Sadi «01ovning harakatlantiruvchi kuchi haqida mulohazalar» asarida issiqlik va ishning o’zaro bir-biriga o’zgarishi to’g’risidagi masala yechimini to’g’ri hal qilish natijasida kashf etildi.


Karno sikli-qaytar sikldir. U asosan 4 ta jaravondan ya’ni 2 ta izotermik va 2 ta adiabatik jarayondan iborat.

Sistema (ideal gaz) devorlari va porshenli mutlaqo issiqlik o’tkazmaydigan silindrga joylashtirilgan deb faraz qilaylik. Borishiga qarab, tashqi isitgich (issiqlik manbai)dan q-issiqlik miqdori uzluksiz keltirilib turish hisobiga o’zgarmas saqlanadi. Sistemada kechadigan jarayon o’zgarmas (T=const) temperaturada sodir bo’ladi. Qoldiq (ish bajarmagan) issiqlik miqdori q2 sistemadan uzluksiz ravishda tashqi muhit-sovutgichga chiqariladi. q1 issiqlik miqdori ham V = const uzatiladi. Shuning uchun uning ishorasi musbat, q2 ning ishorasi manfiy qabul qilinadi.


Sistema holati sekin o’zgarganda (gaz kengayganida yoki siqilganida) tashqi muhitdan mutlaqo izolyasiyalangan, ya’ni dq=0 bo’lishi shart. Shu shart bajarilsa sistemada kechadigan jarayon bizga ma’lumki adiabatik bo’ladi. (1-rasm, a) PV-diagramma, b) T-S diagramma)
Karno siklining jarayonlari bilan tanishib chiqamiz.
Ma’lumki, sistemaning boshlang’ich holati parametrlari P1,V1,T1, bo’lgan 1-nuqta bilan aniqlanadi.



Yüklə 147,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin