Ma‘lumki, konus, vint, sharik – o‘zak, “viy” esa affiksdir. Bu yerda “
a” hech
qanday vazifani bajarmaydi. Shuning uchun ham bu terminlarni quyidagicha konus sirt,
vint/li/ sirt, sharikli podshipnik deb qabul qilinishi va ishlatilishini lozim deb bilamiz.
“Chizmachilikdan terminalogik lug‘at-spravochnik” kitobida “strelkaga” “teng
yonli uchburchakli shaklidagi uchlik” deb noaniq izoh berilgan. Birinchidan u teng
tomonli bodishi ham mumkin, ikkinchidan, uchburchak shakli “uchlik” deyilishi
mutlaqo noto‘g‘ri.
Umuman “strelka” o‘zbek adabiy tilida “ko‘rsatkich” deb atalishi lozim.
O‘qish va o‘qitish jarayonida terminlami noto‘g‘ri talaffuz qilish ham noaniq
tushunchalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, rus tili orqali
boshqa tillardan o‘zbek tili terminlari qatoriga qo‘shilgan aksonometriya, dimetriya,
izometriya, trimetriya kabi terminlarda “urg‘u”ning so‘z oxiridagi unliga, ya’ni “i”ga
berilishi tilda majud bodgan ma’no ottenkalarini buzib tasvirlaydi. Bu borada, “urg‘u”
faqat joyida, ya’ni “
e”ga berilishi lozim.
Eski adabiyotlarda, shu jumladan, hozirgi ayrim adabiyotlarda ham
auditoriyadagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda ham “shtrixli chiziq”-
“shtrix
chiziq”, “yigdlgan chizma” -
“yig‘ish chizma” kodinishida ishlatilib kelinadi.
Bizningcha ikkinchi variant terminlari tushunchani ifodalashda va uning ma’nosini
anglashda qulay va aniq.
Ayrim terminlarni noto‘g‘ri ishlatish natijasida o‘z ma’nolarini yo‘qotadi.
Masalan: “A nuqtaning gorizontal proeksiyasini toping”, “sirkulning uchini A nuqtaga
qo‘ying” kabi tushunchalar -
“gorizontal proeksiyalar teksligida A nuqtani toping” va
“sirkulni A nuqta ustiga qo‘ying” kabi stilistik tuzilishda bodishi kerak va shunga
o‘xshashlarni to‘g‘ri qodlash bilan o‘quv adabiyotlarida ham unga o‘zgartirishlar
kiritilishi lozim. Bular o‘z navbatida, boshqa, ya’ni birinchisi - tekslikdagi nuqta,
ikkinchisi - sirkulni nuqta ustiga qo‘yish ma’nolarini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda “buyumni chizish”, termini “buyumning chizmasini
chizish” termini o‘rnida ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: