omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish
vazifalari, u javob berishi lozim bo‘lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan
ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd
etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o‘tkazish orqali faol
sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model ustida o‘tkaziladigan fikriy eksperiment
bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir.
Dostları ilə paylaş: