fragmentligi deb ataladi. Masalan, biz ayrim kishilami tasawur qilganimizda,
goh yuz-ko‘zini, goho ovozini, goho ust-boshini va hokazolami ko‘z oldimizga
keltiiamiz. Tasawurlar ko‘pincha idrok obrazlarini bir qadar o‘zgartirish asosida
tarkib topadi. Ko‘p hollarda tasawuming mazmuniga idrok qilingan narsaning o‘zida bo‘lmagan xayol obrazlari, fikr va hislar qo‘shiladi.
Nutq
Nutq — odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning
alohida usulidir. Odam o‘z nutqi orqali o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari
va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning
fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib
oladi. Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan
shu tarzda aloqa qilib turadilar. Nutq vositasi bilan aloqa bogiash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismmi boshqa kishilardan oladi.
Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib,
bu aloqa fikr olishga xizmat qiladi. Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish boigan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj
qondirilmay qolsa, odamda ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi.
Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday
ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi.
Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan?», «qanday gap boshlasam ekan?» deb gap mavzuini qidirish
boshlanadi. Uchinchi bobda aytilganidek, nutq tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong
bilan baravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog‘lash, bir-birlariga
biron narsa aytish ehtiyoji tug'ilishi natijasida paydo bo‘lgan. Kishi nutqi
mehnat jarayonida o‘sib borgan.
Har bir kishining nutqi bolalik chog‘idan boshlab o‘sib boradi, buning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bo‘lish ehtiyojidir.
Nutq to‘g‘risida, shu bilan birga, til to‘g‘risida gapirganimizda quyidagilarga e’tibor berishimiz kerak. «Nutq» va «til» degan terminlar ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma’nosini bir-biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir-biriga chambarchas bog‘langan bo‘lsa
ham, lekin ulaming ikkovi bitta narsa emas.
“Tushunchalar organayzeri”
Bilish jarayonlarini ta’riflari bilan yozing
Dostları ilə paylaş: |