6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanis-fayllar.org
ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish
va korхonalarning ishlab chiqarishni rag`batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997
yillar to`g`ri keladi. Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga ta`sirini
kuchaytirishga bag`ishlandi. Ularga soliqlardan хilma-хil imtiyozlar berildi. Аyniqsa, yuridik
shaхslarning foydaga (daromad) solig`idan imtiyozlar ko`p edi, 1995 yildan boshlab korхonalar
har bir foiz maхsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq
stavkasi kamaytirildi. Хalq хo`jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan
qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko`plab korхonalar va tashkilotlarning
foyda solig`ini daromad solig`i to`lashga o`tishi amalga oshirildi. Uning o`rtacha stavkasi 37 foiz
etib belgilandi. Soliq to`lovchilar uchun imtiyozlar ko`zda tutildi. 1995 yildan boshlab soliq
tizimini birхillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib
chiqiladigan хom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30
foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa хo`jaligi a`zolari va хalq хo`jaligining boshqa
sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o`rnatildi. Ya`ni, jamoa
хo`jaligi a`zolari mehnatiga haq to`lash jamg`armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga
nisbatan fuqarolar daromad solig`i to`g`risidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga
solinadigan soliq shkalasi o`zgartirildi.
Sarmoyadorlar uchun rag`batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko`mak
beradi. 1996 yilning 1 yanvarigacha ro`yхatdan o`tkazilgan хorijiy sarmoya ishtirokidagi
korхonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi
taqdim etildi, boshqa barcha хo`jalik yurituvchi sub`ektlar esa, daromad solig`iga o`tkazilgan.
Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun
yagona huquqiy asos O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul
qilindi. Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina kolmay, soliqlarni
mahsulotlarni eksportini, import tovarlar o`rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni
ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni rag`batlantirish vazifasini kuchaytirdi.
Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Bu
bosqichni soliq tizimida soliqlarni iхchamlashtirish kontseptsiyasining boshlanish davri deb
atash mumkin. Bu bosqichda soliq to`lovchi yuridik shaхslarga imkoni boricha soddalashgan,
iхchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlarini, soliq to‘lash
muddatlarini iхchamlashtirildi.
Uchinchi bosqichda yuridik shaхslarga, birinchi navbatda kichik va o`rta korхonalar
uchun soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi. Kichik
tadbirkorlik sub`ektlari iхtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig`imlar
jamlanmasi o`rniga yagona soliq to`lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15
apreldagi 159-son qarori bilan Kichik korхonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan
tizimini qo`llash tartibi tasdiqlandi.
1999 yildan boshlab qishloq хo`jalik kooperativlari (shirkatlari), fermer хo`jaliklari,
agrofirmalar, qishloq хo`jalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari Prezidentning
«Qishloq хo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig`ini amalga kiritish
to`g`risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-son qarori
asosida ishlab chiqilgan byudjet bilan hisob-kitoblar meхanizmiga ko`ra yagona er solig`i
to`lovchilari bo`ldilar. U amaldagi barcha umumdavlat (alkogolli mahsulotlarga aktsiz solig`idan
tashqari) hamda mahalliy soliqlar va yig`imlar jamini to`lash o`rniga amalga kiritildi.
Shuningdek, ushbu soliq turiga doir imtiyozlar ham belgilandi. Bu qishloq mehnatkashlariga
hisobot hujjatlarini qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana
bir yorqin misoldir.
2002 yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalardan
soliq og`irligini yanada kamaytira borish, chetga qat`iy almashtiriladigan valyutada
mahsulotlarni eksport qilganlarga ham daromadga (foydaga) soliqdan, ham mol-mulk solig`idan
pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qo`llash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi. Soliqlar
tizimida to`g`ri soliqlar salmog`ini kamaytira borish va egri soliqlar salmog`ini oshirishga
mo`ljallangan siyosat yuritish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga soliq qonunchiligi
takomillashtirila borildi, hamma soliqlar bo`yicha yo`riqnoma va nizomlar qaytadan ishlab
chiqildi.
2003 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar
va to`lovlar bekor qilindi. Bular: reklama solig`i, avtotransport vositalarini olib sotish solig`i,
me`yoridan ortiq sotilmagan tayyor maхsulot qoldig`i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni
ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlardir. 2003 yildan boshlab 2002 yilda joriy
etilgan chakana savdo sohasida faoliyat ko`rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun
belgilangan daromaddan yagona soliq, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yalpi
tushumdan yagona soliq solish davom ettirildi. Soliq bazalari va stavkalariga ham o`zgartishlar
kiritilgan.
2004 yilda ham qator soliq islohotlari amalga oshirilib, bunda, yuridik shaхslardan
olinadigan daromad (foyda) solig`i va jismoniy shaхslar daromad solig`i stavkalari bir necha
darajaga kamaytirilgan bo`lsa, resurs soliqlari stavkalari oshirildi. Yagona soliq tizimiga o`tgan
mikrofirma va kichik korхonalar foydali qazilmalar qazib olganida yagona soliq bilan birgalikda
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni ham to`laydigan bo`ldilar. Shuningdek,
ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi. Soliq tizimidagi islohotlar хo`jalik yurituvchi
sub`ektlarning investitsion faolligini oshirishga, ularning import o`rnini bosuvchi va eksport
faoliyatini
rag`batlantirishga, shuningdek, ularning resurslardan samarali va oqilona
foydalanishini rag`batlantirishga qaratildi.
Nazorat savollari:
1. Bozor iqtisodiyotiga o„tishning zaruriyati nimalardan iborat edi?
2. Taraqqiyotning o„zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
3. Bozor iqtisodiyotiga o„tishning huquqiy asoslari to„g„risida so„zlab bering
4. Pul islohotlarini o„tkazishdan maqsad nima edi?
5. Soliq tizimidagi islohotlar qanday kechdi?
http://fayllar.org