2. Funksiyalarni interpolyatsiyalash



Yüklə 338,65 Kb.
səhifə1/17
tarix02.01.2022
ölçüsü338,65 Kb.
#37829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Calculus maruza-3


3.1-MA’RUZA. FUNKSIYALARNI LAGRANJ INTERPOLYATSION FORMULASI YORDAMIDA APPROKSIMATSIYALASH VA

EGRI CHIZIQ YASASH
Reja:

1. Masalaning qoʻyilishi


2. Funksiyalarni interpolyatsiyalash

3. Chiziqli interpolyatsiya

4. Kvadratik interpolyatsiya

5. Lagranj interpolyatsion koʻphadi


Tayanch soʻzlar: Lagranj koʻphadi, interpolyatsiya, approksimatsiya, maqsad funksiyasi, chiziqli interpolyatsiya, kvadratik interpolyatsiya

1. Masalaning qoʻyilishi

Koʻpincha amaliy masalalarni yechishda qandaydir funksional bog‘lanishlar qiymatlarini hisoblashga toʻg‘ri keladi. Bunday masalalarda ikkita holat boʻlishi mumkin:

1. [a, b] oraliqda х va y orasidagi oshkor bog‘lanish ma’lum boʻlmasdan, faqat {xi, yi}, tajriba ma’lumotlari jadvali ma’lum boʻlib, [xi, xi/2]  [a, b] oraliqda bog‘lanishni aniqlash talab qilinadi. Bu masalaga tajriba ma’lumotlari jadvalidagi qiymatlarni aniqlashtirish vazifasi ham kiradi.

2. bog‘lanish ma’lum va uzluksiz, biroq u shu qadar murakkabki, amaliy hisoblashlar uchun yaramaydi. Bunday holda funksiyani va uning ( va h.k.) xarakteristikalarini hisoblash ishlarini soddalashtirish masalasi koʻndalang boʻladi.

Shuning uchun moddiy resurslarni va vaqtni iqtisod qilish maqsadida qandaydir boshqa funksional bog‘lanish y=F(x) ni tuzish zarurati paydo boʻladi. Bu tuzilgan bog‘lanish ga uning asosiy parametrlari boʻyicha yaqin boʻlishi, hisoblash oson va qulay boʻlishi kerak, ya’ni funksiyaning aniqlanish sohasida yaqinlashtirish (approksimatsiyalash) masalasi hal qilinishi kerak. y = F(x) funksiyaga approksimatsiyalovchi funksiya deyiladi.

Bunday tipdagi masalalarni yechishda asosiy yondoshuv quyidagicha: tajribaning qandaydir ozod parametrlariga bog‘liq boʻlgan funksiya tanlanadi, ya’ni y = F(x) = (x, c1, c2, …, cn) = (x, ).



f(x) va F(x) funksiyalarning qandaydir yaqinlik shartidan vektor tanlanadi. vektorni tanlash usullariga koʻra approksimatsiyaning turli koʻrinishlari mavjud.

Agar yaqinlashish biror {xi}, i= diskret toʻplamda qurilsa, u holda approksimatsiyaga nuqtaviy approksimatsiya deyiladi.

Nuqtaviy approksimatsiyalash turlariga: interpolyatsiyalash; oʻrtacha kvadratik yaqinlashish kiradi.

Amaliyotda hozirgi paytda chiziqli approksimatsiya yaxshi oʻrganilgan va keng qoʻllaniladi, bunda interpolyatsion funksiya parametrga chiziqli bog‘langan umumlashgan koʻphad deb nomlanuvchi (x, ) funksiya koʻrinishida izlanadi:



F(x)=(x, )=c11(x)+c22(x)+…+cnn(x)= ;

Bu yerda k(x) – bazis funksiyalarning biror chiziqli bog‘liq boʻlmagan sistemasi.



Yüklə 338,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin