24
qattiqligi ortadi va bu hoi darz ketishiga ham olib kelishi mumkin. Po’latlarda
legirlash elementlarni ortishida payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
Shu sababli bu po’latlarni payvandlashda, avval, ma’lum temperaturagacha
qizdirib, payvandlab bo’lingach termik ishlovlarga berilishi lozim.
Barcha cho’yanlar esa yomon payvandlanadi. Ularda nuqsonlar (darzlar,
kemtik joylari, katta g’ovakliklar va boshqalar) uchraydi. Payvandlashda
havoda sovishida chokda va chokka yondosh-gan joyi toblangan boiishi
natijasida, darz ketishi asosiy qiyinchilikni tug’diradi. CHo’yanlar xilini
ko’pligi
va xossalarini xilma
–
xilligi sababli payvandlash usulini to’g’ri
tanlash muhimdir. CHo’yan quymalardagi
nuqsonlarni payvandlab tiklashda qator usullar bo’lib, bularning ichida
payvandlanuvchi quymani qizdirib payvandlash va qizdirmay
payvandlash usullaridan foydalaniladi.
1)Payvandlanuvchi quymalarni qizdirib payvandlashda nuqsonli joy 90° li
burchak bo’ylab kesilib, uni atrofi qolip material bilan qoplangan, buyum
600
–
650 gacha asta qizdiriladi. Keyin payvandlovchi
material sifatida,
masalan, cho’yan chiviq, flyus sifatida bura olinib gaz alangasida eritib
payvandlanadi.
1)Quymani qizdirmay payvandlashda esa, avvalo, payvandlash joyiga po’lat
shpilkalar shaxmat tartibda rezbaga o’rnatilib, ularni qoplamali kam uglerodli
po’lat elektrod bilan kichik tokda (150A gacha) payvandlab,
keyin qolgan
joylari payvandlab to’ldiriladi.
Rangli metallar va ularning qotishmalariga kelsak, ularning issiqlikni va
elektrni yaxshi o’tkazishi, oson oksidlanishi,
gazlarni yutishi va boshqa
xususiyatlari
payvandlashda
ma’lum
qiyinchiliklar
tug’diradi.