2.2 Sinf va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda interaktiv o’yinlarni tashkil etish metodikasi Darsdan tashqari faoliyat tizimi o’qitishning nazariy va amaliy tizimini to’ldiradi. Uning asosiy vazifasi o’quvchilarning o’qishdan tashqari bo’sh vaqti mobaynida o’zini - o’zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir. Boshlang’ich ta’limda darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon bo’lib, tarbiyachidan chuqur bilim, malaka va xohish talab qilgani kabi o’quvchilardan ham ularning intilishlari va ehtiyojlarini talab etadi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qilishda kasbga yo’naltirish ishlari texnologiyasining funktsonal tuzilmasi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining, jamiyatda mavjud kasblar doirasining kengayib, chuqurlashib hamda murakkablashib borishi o’z - o’zidan shaxsga ta’lim berish, dunyoqarishini shakllantirish, kasb tanlashga yo’llash hamda ishlab chiqarish jarayonidagi faol ishtirokining kafolati bo’lgan kasbiy malakalarini shakllantirish jarayoniga nisbatan yangicha samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam bo’luvchi ehtiyojini yuzaga keltiradi.
Ma’lumki, ta’lim tizimi jamiyatda shakllangan muayyan ehtiyoj asosidagi ijtimoiy buyurtmani bajarishga yo’naltiriladi. Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasida barkamol avlod shaxsini shakllantirish, uni kelajak hayotda o’z o’rnini topishi va raqobatbardosh kasb egasi sifatida tarbiyalash talabi ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga kelmoqda. Davr talabi ta’lim oluvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo’lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda. O’quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik roli quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish imkonini beradi: - o’quvchida bo’lajak kasbi to’g’risidagi bilimlarni va ma’lumotlarni o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyojini qaror toptirish; - kasb tanlashga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish; - mustaqil faoliyat yuritish ko’nikmalarini shakllantirish; - o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish, nazariy va amaliy bilimlar mohiyatini tahlil etish, ular borasida xulosalar chiqarish, umumlashtirish hamda ularni o’z amaliy faoliyatiga tadbiq etish ko’nikmalarini yuzaga keltirish va takomillashtirish. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda ta’lim shakli, metod va vositalarning ahamiyati katta. Zero, ular o’quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish bilim, ko’nikma va malakalarini bo’lajak faoliyat sohasi talablari asosida shakllantirish uchun shart-sharoit yaratib beradi. O’z navbatida o’quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashining ko’lami hamda ularning faolligi samarali, ilg’or, no’ananaviy ta’lim shakli, metod va vositalarini tanlash, ulardan maqsadga muvofiq darajada foydalanish uchun turtki bo’ladi. Ta’lim jarayonining mazmuni asosida ta’limning shakl va metodlari belgilanadi. Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning hal etilishi mashg’ulot mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Ta’lim shakli, metodlari va vositalari o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash, ularda chuqur bilim dunyoqarashni hosil qilish ishiga xizmat qiladi. Ta’lim shakli o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum tartibda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi ifodasidir. Boshlang’ich sinflarda tashkil qilinadigan darsdan tashqari mashg’ulotlarda qatnashish davri uning umumiy o’rta ta’lim muassasasidagi butun ta’lim davrini qamrab olgan bo’lib, ta’lim jarayonida bosqichma - bosqich mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonining mazmuni asosida ta’limning shakl va metodlari belgilanadi. Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning hal etilishi mashg’ulot mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Ta’lim shakli, metodlari va vositalari o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash, ularda chuqur bilim dunyoqarashni hosil qilishiga xizmat qiladi3 . Shu o’rinda hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnalogiyalar va interaktiv metodlarni qo’llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni nafaqat dars jarayonida, balki darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda ham qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivini o’stiradi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda innovatsion metodlardan foydalanib darslarni tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur.
Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. Metod tanlashda ko’proq interaktiv metodlarga e’tibor qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Interaktiv mashg’ulotning asosiy metodlariga: “Aqliy hujum”, “Ishchanlik o’yini”, “Rolli o’yin”, “Munozara”, “Taqidiy fikrlash”, “Bumerang”, “Arra”, “Zanjir”, “Sinkveyin”, “Pinbort”, “Muzyorar” va h.k.
Shuni ta’kidlash joizki, interaktiv mashg’ulotlarda shakl va metodlar birgalikda mavjud bo’lib, ularni shartli ravishdagina ajratish mumkin. Interaktiv mashg’ulotlar aniq rejalashtirilgan holda dars maqsadini belgilab, dars loyihasi ishlab chiqilgandan keyingina amalga oshiradi. Quyida shunday interaktiv metodlardan namunalar keltiramiz: “Fikriy hujum” metodi. Bu metod bo’yicha ishlash uchun bir necha o’quvchidan iborat guruhlar tuzib, ishonch va ziyatini vujudga keltirish, oshkora muhokama uchun halal beradigan psixologik keskinlikni bartaraf etish zarur. Ushbu metodlar o’quvchilarda fikrlash doirasini kengaytirib, mavjud cheklovni nazardan qochirib turish, fikrlash faoliyati harakatchanligini rivojlantirish, o’quv faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan. Maqsadi: - o’quvchilarni ko’proq jalb etish va ularning bir-biridan o’rganishiga imkon berish; - o’quvchilarga o’z g’oyalari va fikrlari bilan ko’proq o’rtoqlashish uchun imkon beradi. Bu metod o’quvchini o’z nuqtai - nazarini isbotlash, himoya qilish, har qanday vaziyatda eng ma’qul yechimni topish muloqot olib borish, himoya qilinayotgan fikrning to’g’riligiga hammani ishontirishga o’rgatadi.
Zamonaviy ta’limni amalga oshirishda pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega, shaxs sifatida shakllanishda, har qanday shatoitda ham o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan, erkin fikrlovchi inson bo’lishida kata yordam beradi. O’qituvchi darsga va sinfdan tashqari ishlarning ijodkori, u tayyor texnalogiyalarining tayyor ijrochisiga aylanmasligi, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’z yo’lini izlashi va ishtiyoqi bilan faoliyatiga kirishishi lozim. Bolalarni amaliy faoliyatga yo’naltirish, obrazga kirish, teatrlashtirish, kichik sahnalar qo’yish, bahs munozaralar uyushtirish, savollar qo’ya olish, o’z fikrini erkin ifodalash va shu bilan birga bahs-munozaralar yuritish madaniyatini egallashiga imkon berishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarni o’zi bilan teng ishtirokchi hamkor sifatida ko’rishi, bola fikrini hurmat qilishi, eshitishi, ular bilan hisoblashishi, o’z fikrini hukm sifatida emas, o’quvchilar bilan teng darajada o’rtaga tashlashi mumkin. Bu holat o’qituvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi Natijada samaradorlik kamaya boradi, mashg’ulotlarning sifati ham pasayadi. Shuning uchun mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil etish o’quvchilar uchun qulaylik tug’diradi, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchisiga aylantiradi, eng sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham harakatlantiradi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijod faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir . Boshqacha qilib aytganda o’qitish metodi ta’lim oluvchi o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi jarayon aslda o’quvchini u yoki bu bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Xullas hozirgi zamon ilm –fan texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta’lim sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishi tabiiydir. Interfaol insonning kompyuter bilan o’zaro bog’lanib ishlashiga, inson mashina o’rtasida dialogga o’xshash sifat. Bunday bog’lanish va dialogga interfaol interaktiv fikrlash va o’quv materialining interaktivligi deyiladi. Demak, interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilar hozirjavoblikka o’rganadi, ularning lug’at boyligi ko’payadi, ilmiy nazariy bilimni yanada mustahkamlanadi va darsga qiziqishini orttiradi va intilishga olib keladi.
O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishiga qanday texnalogiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda o’quvchilarning saviyasi, jamoa xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, multimediya va boshqalar kerak bo’lar. Bularning barchasi o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq. Shu bilan birga o’quv predmatining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitini, asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini, hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olish kerak. Shundagina kafolatlangan natijaga erishish mumkin.
Boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun eng avvalo dars turi, maqsadi mavzusiga to’xtatilishimiz tabiiy. Shunday ekan, eng avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olishimiz darkor, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Uni qay ko’rinishda tuzish o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi, ijodkorligiga bog’liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi, aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija aks etishi lozim. Texnologik xaritaning tuzilishi o’qituvchini darsning kengaytirilgan ishlanmasini tuzishdan, yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi. O’qituvchi o’qitayotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzgan texnalogik xaritasi, unga fanni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishga, yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi va maqsadidan tortib, erishiladigan natijasini ko’ra olishgacha yordam beradi. Ayniqsa, texnalogik xaritaning o’quvchilar imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga va bu bilan o’qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. O’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’qituvchidan juda ko’p samarali mahnatni talab etadi.
1. Dars mazmunidan kelib chiqish, maqsadning aniqligi. Maqsadga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni xilma –xil shakllarda tashkil etish:
1. Ijodiy dars.
2. Ertalik darsi.
3. Bahs.
4. Suhbat.
5. Sayohat.
6.Uchrashuvli sinfdan tashqari ishlar.
2. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga odatlantirish maqsadida kino, televidenie, ma’naviy o’yinlar, mushoiralarning qo’llanishi.
3. O’quvchilarning bilimi, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida tezkor testlar va reyting kabi pedagogik texnologiyaning o’ziga xos shakllaridan foydalanish. Ayniqsa, o’qituvchining o’z faoliyatiga yangicha yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan ta'lim - tarbiyaviy ishlar o'quvchilik davri, ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlaridan boshlanadi. “Mustaqillik bayrami”, “Konstitutsiya kuni”, “Alifbo bayramlari”, “Navro'z” bayrami, “Gullar”, “Mehrjon”, “Hosil bayramlari” kabilar shular jumlasidandir. Tarbiyaviy tadbirlar bevosita o'quvchilarda vatanga e'tiqod, tabiatga muhabbat, milliy a`nanalarimizni shakllantirishga xizmat qiladi. Bular uchun xalq og'zaki ijodi, badiiy va ilmiy adabiyot namunalari muhim manba hisoblanadi. O’quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda quyidagi pedagogik talablarga amal qilishi kerak: - o'quvchining yoshi, ruhiy holatiga mos bo'lishi; - darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi; - aniq maqsad vareja asosida uyushtirilishi; - tadbirlar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o'zaro yordam kabi axloqiy sifatlar tarkib topishi lozim. Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari mashg`ulotlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tadbirni rejalashtirish.
2. Tadbir yuzasidan o'quvchilarga tushuncha berish.
3. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o'quvchilarining barchasi ishtirok etishini ta'minlash.
4. O'quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taqsimlash.
5. Tadbirni amalga oshirish.
6. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o'qituvchi tomonidan oldindan chuqur o'rganilgan bo'lishi kerak. Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang'ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda, eng avvalo, tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chuqur o'rganishi, uning natijalariga jiddiy e'tibor berishi va bu bilan o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etishga intilmog'i, vatanga e'tiqod, milliy g'urur, vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo'llarini izlamog'i lozim. Bu kabi tarbiyaviy ishlar natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlari mustahkamlanadi, ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarkib toptirishda ertaliklarning o'z o'rni bor. Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, ta'lim-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadi. Ertaliklarga tayyogarlik jarayonining o'ziyoq bolalarda qiziqishni uyg'otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan milliy qadriyatlarimiz namunalari bo'lmish topishmoq, maqol, tez aytishlarni yod oladilar. Kuzatishlar natijalariga asoslangan holda maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o'tkazishga kam e'tibor berilishi aniqlandi. Bu sohadagi talab va istaklarni o'rganib chiqib, boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan bir-necha bor ertaliklar uyushtirish bo`yicha quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin. - ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to'plash; - ertalikning dasturini tuzish; - ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish; - ertalik o'tkaziladigan joyni aniqlash va bezash; - ertalikni muvaffaqiyatli o'tkazish va qatnashchilarni rag'batlantirish. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan “Navro'z bayrami”, “Mehrjon bayrami”, “Gullar bayrami”, “Alifbo bayrami”, “Oltin kuz” va boshqa ertaliklarni uyushtirish mumkin. “Navro‘z” - o‘zbek xalqining tabiat, yer va uning in'omlariga bo‘lgan muhabbatining o‘ziga xos mujassamligidir. Shunga ko‘ra, o‘zida nihoyatda katta tarbiyaviy imkoniyatni mujassamlashtiradi hamda insonlarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, muhabbat, ezgulik, adolat, do‘stlik kabi ijobiy fazilatlarni mustahkamlashga imkon yaratadi. “Navro‘z” O‘zbekistonda bahor va mehnat bayrami hisoblanib, bahor faslining boshlanishida o‘tadi. Chunki, bu paytda dehqonlar yerga dastlabki urug‘ni qadashadi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishadi. Qisqasi yerni bezashga harakat qilishadi, toki bu ijobiy ishlar insonlarga ezgulik keltirishiga, ularning qalbida ishonch va umid tuyg‘ularining shakllanishiga olib keladi. Ushbu ibratli ishlarga yoshlarni ham jalb etish, ularda ekologik ong vadunyoqarashning shakllanishiga, insoniylik, vatanparvarlik, mehr-oqibatli bo‘lish kabi his-tuyg‘ularning tarkib topishiga olib keladi. Ayniqsa, biz suvlarni toza saqlash, undan tejamkorlik bilan foydalanish, havoning musaffoligiga erishish, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosini muhofaza qilish kabi tadbirlarni hayotiy ehtiyojimizga aylantirishimiz lozim5 . Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi har bir insonga tabiatsiz, tabiiy boyliklarsiz yashab bo‘lmasligini singdirishdan iboratdir.
Inson tabiiy zaxiralarning tuganmas, cheksiz emasligi va qachonlardir tugashini bilishi kerak. Shu bois, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. Bu esa yoshlarda axloqiy me'yorlarga rioya etish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Zero, inson o‘zining mehr-muhabbati bilan tabiatni muhofaza qilishi, unga yordam bera olishi mumkinligini anglab yetishi lozim. Shundagina ekologik falokatning oldi olinadi, insoniyat bu xavf-xatardan omon qoladi. Ekologik muammolarni hal etish uchun uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarning ekologik madaniyati va dunyoqarashini shakllantirish zarur. Yurtimiz go‘zalligi, ozodaligi, tozaligi va obodonligiga o‘z hissamizni qo‘shish - bizning maqsadimizdir. Shundan kelib chiqib barchamizda ekologik madaniyat va dunyoqarashni tarkib toptirish o‘ta muhim vazifadir. Aslini olganda, bu vazifalar har birimizning yuksak insoniylik va ma'naviy burchimiz ekanligini anglab yetmog‘imiz, tabiat, uning resurslarini asrab-avaylashga hamda ulardan oqilona foydalanishni hayotiy ko‘nikmamizga aylantirishimiz lozim.
XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlari ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsa, (sub’ekt) munosabati o’rnatiladi. Natijada qo’rquv, hadiksirash, ishonchsizlik chekinadi, o’quvchi uchun tenglik, erkinlik vaziyati, o’ziga ishonchlilik tug’iladi. O’quvchining o’z kuchi, imkoniyatini ochishga sharoit yaratib, ochilmagan qirralari ochiladi, o’qishga havasi, zavqi ortadi. Kichik bo’lsada, o’quvchining ilg’orlik sari qo’yilgan har bir qadami yutuq deb qaralsa, u o’quvchini yangilik sari yetaklaydi, uning mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, faolligini, o’qishga ma’suliyatini oshiradi. Jumladan: - bu kabi tarbiyaviy ishlar natijasida boshlang`ich sinf o`quvchilarining so`z boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlari mustahkamlanadi, ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlarga bo’lgan munosabatlari mazmunini o’rganish, bu boradagi bilim darajasini aniqlashga yo’naltirilgan harakat muammoning nazariy va amaliy yechimlari to’la hal etilmaganligini ko’rsatdi. O’quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish ularda tabiat haqidagi bilimlar mavjud, biroq uning chuqur va barqaror xususiyatga ega emasligidan dalolat berdi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan tabiatshunoslik bilimlarining chuqur va puxta o’zlashtirilishi ularda tabiat haqidagi bilimlarning shakllanganligiga bog’liq. Bu g’oya boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirish masalasini dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslashga imkon beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllangan tabiat haqidagi bilim darajasi hamda uning sifati tadqiqotni olib borishda ilgari surilgan ilmiy farazlarning to’g’ri ekanligidan dalolat beradi.
Zero, inson o‘zining mehr-muhabbati bilan tabiatni muhofaza qilishi, unga yordam bera olishi mumkinligini anglab yetishi lozim. Shundagina ekologik falokatning oldi olinadi, insoniyat bu xavf-xatardan omon qoladi. Ekologik muammolarni hal etish uchun uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarning ekologik madaniyati va dunyoqarashini shakllantirish zarur. Yurtimiz go‘zalligi, ozodaligi, tozaligi va obodonligiga o‘z hissamizni qo‘shish - bizning maqsadimizdir. Shundan kelib chiqib barchamizda ekologik madaniyat va dunyoqarashni tarkib toptirish o‘ta muhim vazifadir. Aslini olganda, bu vazifalar har birimizning yuksak insoniylik va ma'naviy burchimiz ekanligini anglab yetmog‘imiz, tabiat, uning resurslarini asrab-avaylashga hamda ulardan oqilona foydalanishni hayotiy ko‘nikmamizga aylantirishimiz lozim.
Axir, bolalar o‘sib kelayotgan yosh avlod hisoblanadi, kelajagimiz taqdiri ularga bog‘liq. Tabiatga mehr, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerakligini singdirish har birimizning burchimiz. Xulosa shuki, o’quv jarayonida samaradorligini, kafolatini ta’minlashning yagona yo’li ta’lim oluvchining shaxsiy faolligiga erishishidir. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida, xususan, boshlang’ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlarida pedagogik texnalogiyalarni samarali qo’llash maqsadga muvofiqdir.