RS triggerning ishlash prinsipini o‟rganish
Electronics Workbench dasturida “RS Trigger” elementini yig‟ish.
EWB dasturini ishga tushiramiz.
“Sources” bo‟limidagi bizga +Vcc Voltage Source piktogrammasi kerak bo‟ladi. Basic bo‟limidan Switch piktogrammasini ham ishchi maydonga joylashtiramiz.Switch piktogrammasi kalit vazifasini bajaradi.
RS Trigger ishlashi uchun kerak bo‟ladigan barcha elementlarni yig‟ib olganimizdan so‟ng, quyida jadvaldagi ko‟rinish yuzaga keladi.
RS Trigger elementini ishga tushirish uchun “Aktivate Simulation” piktogrammasini bosamiz.Natijalar kalitlar ya‟ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz.
Endi asinxron RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz:
S=0 va R=1 bo‟lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0)
S=1 va R=0 bo‟lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1)
Electronics Workbench dasturida “JK Trigger” elementini yig‟ish.
EWB dasturini ishga tushiramiz.
“ Digital ” bo‟limidagi “ Flip-Flops “ elementidan bizga kerak bo‟lgan “ 74112 “ piktogrammasini ishchi maydonga qo‟yamiz. JK Trigger yasash uchun kerak bo‟ladigan boshqa piktogrammalarni ham ishchi maydonga joylashtiramiz.
JK Trigger ishlashi uchun kerak bo‟ladigan barcha elementlarni yig‟ib olganimizdan so‟ng, quyida jadvaldagi ko‟rinish yuzaga keladi.
JK Trigger elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz.Natijalar kalitlar ya‟ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz.
Dostları ilə paylaş: |