2-ma`ruza (4 soat)
Mavzu: To’qimachilik matеriallari fizik-mexanik xususiyatlarining kiyim ishlab
chiqarish tеxnologik jarayonlariga ta'siri
Reja
1. Tikuvchilik gazlamalari assortimenti
2. Gazlamalarning cho`zilishi
3. Gazlamalarning issiqqa bardoshliligi
4. Gazlamalarning g`ijimlanuvchanligi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.N.Nabidjanova., M.A.Rizametova., D.X.Rayimberdiyeva., R.A.Ergasheva
“Tikuv buyumlari texnologiyasi” o`quv qo`llanma. Namangan-2020 yil. 230 bet.
2. J.S.Ergashev., N.N.Nabidjanova., R.S.Hojimatov., D.Adilova “Trikotaj
mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” o`quv qo`llanma. Toshkent-2013 yil.
220 bet.
3. Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.A. Kiyim ishlab chiqarish
texnologiyasi. O’quv qo’llanma. T., 2014 y.
4. J.S.Ergashev., N.N.Nabidjanova., Maqsudov N.B., Raimberdiyeva D.,
Ergasheva R “Tikuv buyumlari texnologiyasi” darslik. Namangan-2023 yil. 260
bet.
5. Самарходжаев Х.Х. Тикувчилик корхоналарининг ускуналари. Ўқув
қўлланма. Т. “Ўзбекистон”. 2001й.
Tayanch so’z va ibоralar: cho`zilish, namlab isitib ishlov berish, asbob-
uskuna, gi`jimlanuvchanlik, sun`iy: visko`za, polinoza, atsetat, mis-amiak, kiyim
tayyorlash
Tikuvchilik gazlamalari assorimenti tabiiy: paxta, jun, ipak va xig`ir; sun`iy:
visko`za, polinoza, atsetat, mis-amiakli v.h.k.larga bo`linadi. Tikuvchilik
materiallari xomashyo tarkibi va strukturasining xilma-xilligiga qarab kiyim
tayyorlash va undan foydalanishda hisobga olish zarur bo`lgan turli geometric,
mexanik, fizik va kimyoviy xossalar bilan belgilanadi.
1-jadval
Tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo`llaniladigan ayrim
gazlamalar turlari
№
Matolarning ko`rinishi
Matolarning tasnifi
1
Kiyim tayyorlashda ishlatiladigan
tabiiy xom ashyoli materiallar
batis, baykalar asosan bolalar
kiyimi uchun tavsiya etiladi
2
Paxta
xomashyosidan
ishlab
chiqariladigan denim va diognal
yo`lli matolar asosan maxsus
kiyim
ishlab
chiqarishda
qo`llaniladi
3
Paxta
xomashyosidan
tayyorlanadigan lyonlar asosan
yozgi mavsumiy kiyimlarni ishlab
chiqarishda tavsiya etiladi
4
Junli ko`ylakli gazlamalar asosan
issiqni yaxshi saqlagani sababli
qishki mavsumiy kiyimlar uchun
tavsiya etiladi
5
Ipakli
matolar
qimmatbaho
hisoblanib,
asosan
ayollar
kiyimlarini
ishlab
chiqarishda
tavsiya etiladi
Materiallarning mexanik xususiyatlaridan biri bu – gazlamalarning
uzayishidir. Gazlamaning uzayishi tikuvchilikdagi barcha bоsqichlarga ta`sir
qiladi. Buyumning yangi mоdelini yaratish va kоnstruktsiyasini ishlab chiqishda
uzayish prоtsentini hamda yo’qоladigan va yo’qоlmaydigan uzayishlar nisbatini
hisоbga оlish lоzim. Qayishqоq bo’lmagan, оsоngina cho’ziladigan gazlamalardan
kiyim mоdellashda tоr yenglar, tоr yubka va shimlar, yopishib turadigan kiyimlar
yaratishdan qоchish kerak.
Оsоn cho’ziladigan gazlamalarni taranglamay taxlash kerak. Taxlamadagi
gazlamalarning cho’zilishi detallarning o’lchami kichrayishiga оlib keladi.
Ayniqsa, gazlamalar qiyshiq ip, ya`ni 45
0
burchak оstida yotgan iplar bo’yicha
kuchli cho’ziladi. Shuning uchun gazlamalarni taxlashda ularning qiyshayib
qоlmasligiga, surilmasligiga va sirpanmasligiga e`tibоr berish kerak. Gazlama
qiyshayib qоlsa va pоlоtnоlar surilsa, bichiq detallarining shakli qiyshayib chiqishi
mumkin. Qiyshiq bo’laklarni tikishda gazlama ancha cho’ziladi, chоkning
yo’nalishi o’zgaradi, natijada buyumning ko’rinishi buziladi. Ustki yoki pastki
pоlоtnоlar cho’zilishi va detallar surilishi mumkin. Ho’llash va dazmоllash yo’li
bilan buyumga ma`lum shakl beriladi. Shu vaqtda detallar haddan tashqari
cho’zilib, buyumning shakli buzilishi mumkin.
Gazlamaning cho’zilishini kamaytirish uchun ustki kiyim bоrtlarining
ziylariga uncha cho’zilmaydigan zig’ir tоlali tesg’ma (uqa) yoki yelim surkalgan
gazlama (elimli uqa) qo’yib ketiladi. Uqa yenglarning uchlariga, erkak va ayollar
kоstyumlarining
bellariga
va
bоshqa
detallarga
qo’yilishi
mumkin.
Cho’ntaklarning shaklini saqlash uchun ularning tagiga ip gazlama bo’laklari
qo’yib ketiladi.
Materiallarning fizik xususiyatlaridan biri bu – materiallarning issiqqa
chidamliligidir. Issiqqa chidamlilik bu-materiallarning davomli yoki qisqa
muddatli issiqqa fizikaviy xossalarini o`zgartirmasdan javob qaytarish xossasidir.
Bunga albatta tikuvchilik mahsulotlariga namlab-isitib isitib ishlov berish va
presslash jarayoni kiradi.
Gazlamalarga ortiqcha bosim berib namlab isitib ishlov berish jarayoni
ularning mustahkamligiga, tolaviy tarkibiga, ishqalanishga chidamliligini
pasaytirish va gazlama rangini o`zgartirish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tikuvchilik mahsulotlarini tikishda qizish darajasini oshishi ta`sirida
iplarning qisqarishi ro`y beradi. Qisqarish darajasi ishlov berilayotgan gazlamaning
strukturasi, qalinligi, zichligi, dag`alligi, tikish tezligi, ignaning shakli, uning
yuzasiga ishlov berishning tozaliklariga bog`liq bo`ladi.
Tikilayotgan materiallarning zichligi, dag`alligi va qalinligi qancha katta
bo`lsa ignaning sinish ko`rsatkichi shuncha yuqori bo`ladi. Igna 400
0
C gacha isishi
mumki. U holda kimyoviy tolalarga ega materiallar yumshab, igna yuzasiga
yopishib qolish holatlari kuzatiladi. Sintetik iplardan foydalanishda ularning
uzilishiga olib keladigan yumshashlar ro`y beradi. Igna qizishini kamaytirish
uchun tikishda majburiy ignani sovutish qurilmali tikuv mashinalardan foydalanish
hamda, kremniy organik preparatlardan foydalanib, ip yuzasiga qo`shimcha ishlov
berishni qo`llash tavsiya etiladi.
Mexanik ta`sirlardan ya`na biri bu-gazlamalarning g`ijimlanuvchanligidir.
G`jimlanuvchanlik to`qimachilik gazlamalarida plastik va elastic deformatsiyaning
yuzaga kelishi natijasida yuzaga keladi. Kiyimda qo`llaniladigan gazlamalar
maqbul g`ijimlanuvchanlikka ega bo`lishi kerak. Yuqori g`ijimlanuvchanlik
kiyimning tashqi ko`rinishi va sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi hamda kiyimni
tayyorlash jarayonini qiyinlashtiruvchi omillarga olib keladi. Gazlamalarning
g`ijimlanuvchanligi nam holatda va yuqori haroratda ortishi mumkin. Tikuvchilik
sanoatida gazlamaning bu xususiyati taxlamalar hosil qilishda, yeng uchi va shim
pochasini bukishda qo`llaniladi. Materiallarning g`ijimlanuvchanligi MOHCANT-
AW-6 asbobida aniqlanadi.
Nazorat savollari
1. Tikuvchilik gazlamalari assortimenti to`g`risida tushunchangiz?
2. Gazlamalarning cho`zilishini tayyor kiyimga ta`siri
3. Gazlamalarning issiqqa bardoshliligini tayyor kiyimga ta`siri
4. Gazlamalarning g`ijimlanuvchanligini tayyor kiyimga ta`siri
Dostları ilə paylaş: |