2-ma`ruza (4 soat) Mavzu



Yüklə 148,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.03.2023
ölçüsü148,76 Kb.
#87502
2-ma`ruza



2-ma`ruza (4 soat) 
Mavzu: To’qimachilik matеriallari fizik-mexanik xususiyatlarining kiyim ishlab 
chiqarish tеxnologik jarayonlariga ta'siri
Reja 
1. Tikuvchilik gazlamalari assortimenti 
2. Gazlamalarning cho`zilishi 
3. Gazlamalarning issiqqa bardoshliligi 
4. Gazlamalarning g`ijimlanuvchanligi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. N.N.Nabidjanova., M.A.Rizametova., D.X.Rayimberdiyeva., R.A.Ergasheva 
“Tikuv buyumlari texnologiyasi” o`quv qo`llanma. Namangan-2020 yil. 230 bet. 
2. J.S.Ergashev., N.N.Nabidjanova., R.S.Hojimatov., D.Adilova “Trikotaj 
mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” o`quv qo`llanma. Toshkent-2013 yil. 
220 bet. 
3. Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.A. Kiyim ishlab chiqarish 
texnologiyasi. O’quv qo’llanma. T., 2014 y. 
4. J.S.Ergashev., N.N.Nabidjanova., Maqsudov N.B., Raimberdiyeva D., 
Ergasheva R “Tikuv buyumlari texnologiyasi” darslik. Namangan-2023 yil. 260 
bet. 
5. Самарходжаев Х.Х. Тикувчилик корхоналарининг ускуналари. Ўқув 
қўлланма. Т. “Ўзбекистон”. 2001й.
Tayanch so’z va ibоralar: cho`zilish, namlab isitib ishlov berish, asbob-
uskuna, gi`jimlanuvchanlik, sun`iy: visko`za, polinoza, atsetat, mis-amiak, kiyim 
tayyorlash
Tikuvchilik gazlamalari assorimenti tabiiy: paxta, jun, ipak va xig`ir; sun`iy: 
visko`za, polinoza, atsetat, mis-amiakli v.h.k.larga bo`linadi. Tikuvchilik 
materiallari xomashyo tarkibi va strukturasining xilma-xilligiga qarab kiyim 


tayyorlash va undan foydalanishda hisobga olish zarur bo`lgan turli geometric, 
mexanik, fizik va kimyoviy xossalar bilan belgilanadi. 
1-jadval 
Tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo`llaniladigan ayrim 
gazlamalar turlari 
№ 
Matolarning ko`rinishi 
Matolarning tasnifi 

Kiyim tayyorlashda ishlatiladigan 
tabiiy xom ashyoli materiallar 
batis, baykalar asosan bolalar 
kiyimi uchun tavsiya etiladi 

Paxta 
xomashyosidan 
ishlab 
chiqariladigan denim va diognal 
yo`lli matolar asosan maxsus 
kiyim 
ishlab 
chiqarishda 
qo`llaniladi 

Paxta 
xomashyosidan 
tayyorlanadigan lyonlar asosan 
yozgi mavsumiy kiyimlarni ishlab 
chiqarishda tavsiya etiladi 



Junli ko`ylakli gazlamalar asosan 
issiqni yaxshi saqlagani sababli 
qishki mavsumiy kiyimlar uchun 
tavsiya etiladi 

Ipakli 
matolar 
qimmatbaho 
hisoblanib, 
asosan 
ayollar 
kiyimlarini 
ishlab 
chiqarishda 
tavsiya etiladi 
Materiallarning mexanik xususiyatlaridan biri bu – gazlamalarning 
uzayishidir. Gazlamaning uzayishi tikuvchilikdagi barcha bоsqichlarga ta`sir 
qiladi. Buyumning yangi mоdelini yaratish va kоnstruktsiyasini ishlab chiqishda 
uzayish prоtsentini hamda yo’qоladigan va yo’qоlmaydigan uzayishlar nisbatini 
hisоbga оlish lоzim. Qayishqоq bo’lmagan, оsоngina cho’ziladigan gazlamalardan 
kiyim mоdellashda tоr yenglar, tоr yubka va shimlar, yopishib turadigan kiyimlar 
yaratishdan qоchish kerak. 
Оsоn cho’ziladigan gazlamalarni taranglamay taxlash kerak. Taxlamadagi 
gazlamalarning cho’zilishi detallarning o’lchami kichrayishiga оlib keladi. 
Ayniqsa, gazlamalar qiyshiq ip, ya`ni 45
0
burchak оstida yotgan iplar bo’yicha 
kuchli cho’ziladi. Shuning uchun gazlamalarni taxlashda ularning qiyshayib 
qоlmasligiga, surilmasligiga va sirpanmasligiga e`tibоr berish kerak. Gazlama 
qiyshayib qоlsa va pоlоtnоlar surilsa, bichiq detallarining shakli qiyshayib chiqishi 
mumkin. Qiyshiq bo’laklarni tikishda gazlama ancha cho’ziladi, chоkning 
yo’nalishi o’zgaradi, natijada buyumning ko’rinishi buziladi. Ustki yoki pastki 
pоlоtnоlar cho’zilishi va detallar surilishi mumkin. Ho’llash va dazmоllash yo’li 


bilan buyumga ma`lum shakl beriladi. Shu vaqtda detallar haddan tashqari 
cho’zilib, buyumning shakli buzilishi mumkin. 
Gazlamaning cho’zilishini kamaytirish uchun ustki kiyim bоrtlarining 
ziylariga uncha cho’zilmaydigan zig’ir tоlali tesg’ma (uqa) yoki yelim surkalgan 
gazlama (elimli uqa) qo’yib ketiladi. Uqa yenglarning uchlariga, erkak va ayollar 
kоstyumlarining 
bellariga 
va 
bоshqa 
detallarga 
qo’yilishi 
mumkin. 
Cho’ntaklarning shaklini saqlash uchun ularning tagiga ip gazlama bo’laklari 
qo’yib ketiladi. 
Materiallarning fizik xususiyatlaridan biri bu – materiallarning issiqqa 
chidamliligidir. Issiqqa chidamlilik bu-materiallarning davomli yoki qisqa 
muddatli issiqqa fizikaviy xossalarini o`zgartirmasdan javob qaytarish xossasidir. 
Bunga albatta tikuvchilik mahsulotlariga namlab-isitib isitib ishlov berish va 
presslash jarayoni kiradi.
Gazlamalarga ortiqcha bosim berib namlab isitib ishlov berish jarayoni 
ularning mustahkamligiga, tolaviy tarkibiga, ishqalanishga chidamliligini 
pasaytirish va gazlama rangini o`zgartirish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Tikuvchilik mahsulotlarini tikishda qizish darajasini oshishi ta`sirida 
iplarning qisqarishi ro`y beradi. Qisqarish darajasi ishlov berilayotgan gazlamaning 
strukturasi, qalinligi, zichligi, dag`alligi, tikish tezligi, ignaning shakli, uning 
yuzasiga ishlov berishning tozaliklariga bog`liq bo`ladi.
Tikilayotgan materiallarning zichligi, dag`alligi va qalinligi qancha katta 
bo`lsa ignaning sinish ko`rsatkichi shuncha yuqori bo`ladi. Igna 400
0
C gacha isishi 
mumki. U holda kimyoviy tolalarga ega materiallar yumshab, igna yuzasiga 
yopishib qolish holatlari kuzatiladi. Sintetik iplardan foydalanishda ularning 
uzilishiga olib keladigan yumshashlar ro`y beradi. Igna qizishini kamaytirish 
uchun tikishda majburiy ignani sovutish qurilmali tikuv mashinalardan foydalanish 
hamda, kremniy organik preparatlardan foydalanib, ip yuzasiga qo`shimcha ishlov 
berishni qo`llash tavsiya etiladi.


Mexanik ta`sirlardan ya`na biri bu-gazlamalarning g`ijimlanuvchanligidir. 
G`jimlanuvchanlik to`qimachilik gazlamalarida plastik va elastic deformatsiyaning 
yuzaga kelishi natijasida yuzaga keladi. Kiyimda qo`llaniladigan gazlamalar 
maqbul g`ijimlanuvchanlikka ega bo`lishi kerak. Yuqori g`ijimlanuvchanlik 
kiyimning tashqi ko`rinishi va sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi hamda kiyimni 
tayyorlash jarayonini qiyinlashtiruvchi omillarga olib keladi. Gazlamalarning 
g`ijimlanuvchanligi nam holatda va yuqori haroratda ortishi mumkin. Tikuvchilik 
sanoatida gazlamaning bu xususiyati taxlamalar hosil qilishda, yeng uchi va shim 
pochasini bukishda qo`llaniladi. Materiallarning g`ijimlanuvchanligi MOHCANT-
AW-6 asbobida aniqlanadi.
Nazorat savollari 
1. Tikuvchilik gazlamalari assortimenti to`g`risida tushunchangiz? 
2. Gazlamalarning cho`zilishini tayyor kiyimga ta`siri 
3. Gazlamalarning issiqqa bardoshliligini tayyor kiyimga ta`siri 
4. Gazlamalarning g`ijimlanuvchanligini tayyor kiyimga ta`siri 

Yüklə 148,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin