2-ma’ruza: mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi (2 soat) Reja


-rasm. Sporaning yetilishi



Yüklə 475,87 Kb.
səhifə5/9
tarix16.12.2022
ölçüsü475,87 Kb.
#75631
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu. MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA TUZILISHI

6-rasm. Sporaning yetilishi (1) va tuzilishi (2): S-yetilgan spora; P-sporaning unib chiqishi; V-vegetaiv hujayra; 1- xromatin ipchalarining bir joyga to‘planishi; 2-to‘siq (septani) hosil bo‘lishi; 3-ona hujayraning protoplasti bilan septaning o‘rab olinishi; 4-korteksning shakllanishi; 5-spora qavatining shakllanishi; 6-spora qavatining yetilishi; 7-ona hujayraning yemirilishi va sporaning tashqariga chiqishi.
NSO-sporaning tashqi po‘sti; VSO-sporaning ichki po‘sti; VMS-sporaning tashqi membranasi; SPM-sporaning sitoplazmatik po‘sti; S-spora; K-korteks; KS-murtak qobig‘i; SS-hujayra po‘sti bilan sporaning membranasi oarsidagi sitoplazmaning membranasi; P-sporaning bo‘rtmalari; LS-linzasimon struktura; V-sporaning o‘simtalari.

Spora qavati maxsus sintezlangan oqsil, lipid va glikopeptidlardan hosil bo‘ladi. Elektron mikroskop yordamida tadqiq qilinganda yana bir qavat - ekzosporum qavati borligi aniqlandi va u har xil shaklli moddalardan tashkil topadi. Hosil bo‘lgan sporaning diametri hujayra diametriga teng yoki sal kattaroq ham bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalarda spora hujayraning bir uchida hosil bo‘ladi, hujayra kengayib, baraban tayoqchasi shaklini oladi. Bu xildagi spora hosil bo‘lishiga plektridial tipda spora hosil bo‘lishi deyiladi.


Ba’zi batsillalarda esa spora hujayra markazida hosil bo‘lib, sal kengayadi va hujayra dugsimon shaklga kiradi, bunday holat ko‘pgina Clostridium avlodiga kiruvchi bakteriyalarda uchraydi. Bu xildagi spora hosil bo‘lishiga klostridial tipda spora hosil bo‘lishi ham deyiladi.
Bakteriya hujayrasida hosil bo‘lgan spora ko‘pincha kattalashmaydi, hujayra ham avvalgi holatini o‘zgartirmaydi. Bu tipdagi spora hosil qilish batsillyar tipda spora hosil bo‘lishi deyiladi va bu tipdagi spora hosil bo‘lishi Bacillus avlodi vakillarida uchraydi. Yetilgan spora vegetativ hujayra devori parchalanganidan so‘ng tashqariga chiqadi.
Sporaning o‘sishi. Bakteriya sporasi yaxshi sharoitga tushsa, muxitning pH-i optimum darajada bo‘lsa, spora tez o‘sib chiqadi va sekin asta bakterial hujayraga aylanadi, ya’ni spora avval suvni shimadi va bo‘kadi, u kattalashib tashqi ekzina qavati yoriladi va ichidan intina bilan o‘ralgan (o‘sish trubkasi) bakteriya hujayrasi chiqadi. Keyinchalik ozod bo‘lgan bakteriyaning uzayishi va o‘sha uzaygan hujayraning bo‘linishi kuzatiladi. Bakteriyalarning o‘sishi uchun fermentlarni aktivlashtiruvchi L - alanin, glyukoza va Mnh ionlari zarur. Bakteriya hujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch holatda tirik saqlanishi mumkin. Ba’zi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshqa moddalarning yetishmasligidan ularning hujayralarida sistalar paydo bo‘ldi. Bular spora emas. Masalan, azotobakter shunday sistalar hosil qiladi. Ular temperatura va quritishga chidamli bo‘ladi.Shu xil tashqi sharoitdan o‘zini muxofaza qilish sianobakteriyalarda akinetlar, miksobakteriyalarda miksosporalar, aktinomitsetlarda esa endosporalar hosil qilish bilan boradi.

Yüklə 475,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin