Kiritmalar. Sitoplazmada har xil shaklga ega granulalar uchraydi. Ularning xosil bo‘lishi mikroorganizmlar o‘sadigan muhitning fizik - kimyoviy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari emas.
Ko‘pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhitida o‘sgandagina hosil bo‘ladi va yomon muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen (hayvon kraxmali), granulyoza, v - oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning hosil bo‘lishi, ko‘pincha oziqa muxitini tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga boy oziqa muhitida o‘sgan bakteriyalarda valyutin, vodorod sulfidga boy muxitda esa oltingugurt to‘planishi aniqlangan. Ba’zi oltingugurt bakteriyalarida amorf holdagi СaСO3 uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya hujayrasida oqsillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar bor. Hujayradagi molekulyar birikmalar hujayraning osmotik bosimini saqlab turadi.
Talabalar bilimini sinash uchun beriladigan savollar. 1. Eukariot va prokariotlarning uxshash va farqli tomonlarini tushuntiring?
2. Morfologik tomondan bekteriyalar qanday guruh va guruhchalarga bo'linadi?
3. Bakteriya xo'jayrasining organoidlari, ularning tuzilishi va funksiyasini tushuntiring?
4. Kapsula, xivchin, fimbriylarning tuzilishi va vazifasini tushuntiring?
5. Sitoplazma, membrana, xo'jayra devori, yadro ularning tuzilishi va vazifalarini tushuntiring?
6. Bakteriya sporasi, uning shakli, joylanishi va vazifasi nimalardan iborat?
7. Spora hosil bo'lishining umumiy sxemasi va sporaning usishini tushuntiring?