2-ma’ruza: mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi (2 soat) Reja


- rasm.Grammanfiy prokariotlarning hujayra devorining sxematik tuzilishi



Yüklə 475,87 Kb.
səhifə8/9
tarix16.12.2022
ölçüsü475,87 Kb.
#75631
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu. MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA TUZILISHI

8 - rasm.Grammanfiy prokariotlarning hujayra devorining sxematik tuzilishi:
A. 1 - sitoplazmatik membrana; 2 – peptidoglikan qavat; 3 – periplazmatik bo‘shliq; 4- oqsil molekulalari; 5 - fosfolipid; 6 - lipopolisaxarid.
B. Lipopolisaxarid molekulasining sxematik tuzilishi: 1 - lipid; 2- ichki polisaxarid yadro; 3 – tashqi polisaxarid yadro; 4 –O-antigen

Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda fotosintez olib boradigan fermentlar (bakterioxlorofil karatinoidlar) xromatoforlarda joylashgan. Ular hujayra massasining 40 - 50% tashkil etadi.


Ko‘pgina sianobakteriylarning hujayrasida (membranasida) fotosintezni olib boruvchi xlorofill va karatinoidlardan tashkil topgan qurilmalar - tilakoidlar yoki fikobilisomalar bor.
Tilakoidlar sitoplazma yoki ichki membrana bilan bog‘langan deb taxmin qilinadi.
Yashil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar xlorosoma membrana qurilmasida joylashgan.
Suv bakteriyalarining ko‘plari gaz bilan to‘lgan struktura - gaz vakuolalarga (aerosomalar) ega bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalarda esa poliedr tanachalar (ko‘pburchakli) yoki karboksisomalar bo‘lib, ular SO2 ni bog‘lash vazifasini bajaradi.
Nukleoid. Sitoplazmada, yadro ekvivalenti - nukleoid bakteriya hujayrasining markazida joylashgan (9-rasm).





9-rasm. Nukleoid.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujayraning rivojlanish bosqichiga qarab, nukleoid ikki holatda: diskret (uzuq - uzuq ayrim strukturalar) tayoqchasimon yoki xromatin to‘ri (yadro moddasi sitoplazmada dispers holatda yoyilgan) shaklida bo‘ladi. Bakteriya nukleoidi molekulalar massasi 2 – 3*109 dalton DNK ga ega. Bu DNK o‘ralgan xalqa shaklida bo‘lib, uzunligi 1,1 – 1,4mm ni tashkil etadi. U bakteriya xromasomasi (genofor) deyiladi.


Tinch xolatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo‘lsa, bakteriya hujayrasining bo‘linishi oldidan ikkita nukleoid bo‘ladi.
Bakteriya ko‘payish fazasining logarifmik davrida esa, u to‘rtta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Ba’zan, bakteriya hujayralarining o‘sish davrida muxitda bakteriya hujayrasiga salbiy ta’sir etadigan moddalar bo‘lsa, bakteriya hujayrasidan ko‘p yadroli ipsimon hujayra hosil bo‘lishi mumkin. Bunday hujayra, hujayra o‘sishi va bo‘linishi sinxronligining buzilishidan paydo bo‘ladi.
Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funksiyasi- axborotlarni saqlab, uni irsiy xususiyatni avloddan - avlodga berishdir.
Nukleoiddan tashqari, hujayra sitoplazmasida undan yuzlab marta mayda DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir.
Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo‘lishi shart emas. Ammo ular tufayli hujayra qo‘shimcha, xususan, ko‘payishda, dori moddalarga turg‘unlik namoyon etishda, kasallik yuqtirish va hokazo xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Yüklə 475,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin