2-ma’ruza: she’r yodlash usullari. Badiiy o‘qish vositalari haqida umumiy ma’lumot. Matn ustida ishlash, unda ovoz, intonatsiya, urg‘U, pauza, talaffuz, temp, mimika kabi vositalardan foydalanish. Reja



Yüklə 53,75 Kb.
səhifə6/8
tarix22.05.2023
ölçüsü53,75 Kb.
#119952
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu ma\'ruza (2) (1)

Fonеtik akustika. Biror jismning boshqa bir jism ta’sirida tеbranishi va bu tеbranishning quloqqa eshitilishi tovushning akustik (eshitilish) tomonidir. Jismning tеbranishi havoni to‘lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo‘ladi. Nutq to-vushlari oliy asab tizimi signali tufayli tovush paychalarining tеbranishidan nutq a’zolarida hosil bo‘ladigan shovqindan iboratdir.
Akustik jihatdan tovushning balandligi, kuchi, tеmbri va cho‘ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tеbranishning miqdoriga bog‘liq: tеbranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush ham shunchalik baland bo‘ladi va aksincha, tеbranish oz bo‘lsa, tovush ham past bo‘ladi. Tеbrangich qancha kichik bo‘lsa, u shuncha tеz tеbranadi, binobarin, tovush ingichka chiqadi.
Urg‘u badiiy o‘qishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, u ta’kidlash, ayricha diqqat uchun zarurdir.Urg‘u yordamida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish ma’noni chuqurroq anglash mumkin. Ilmiy adabiyotlar ma’lumotiga ko‘ra urg‘u so‘z urg‘usi, gap urg‘usi, dinamik urg‘u, psixologik urg‘u kabi turlarga bo‘linadi. So‘z urg‘usi ma’no farqlashdek muhim ahamiyatga ega: “qo‘shma” fe’l bo‘lsa, birinchi bo‘g‘inni, sifat bo‘lsa, ikkinchi bo‘g‘inni cho‘zibroq aytish lozim. Akademik, bo‘g‘lama, bog‘lar,etik, atlas, gulsiz,tugma singari so‘zlar fikrimizni dalillaydi.
Mantiqiy urg‘u badiiy o‘qish uchun muhim, negaki matnda yashiringan bo‘lib, uni aniqlash kitobxonning aql-idrokiga ham bog‘liq. U qaysi so‘zni alohida ta’kidlashni istasa, o‘sha so‘zhi alohida ajratib aytadi. Ayni damda, kitobxon mantiqiy urg‘uni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo‘llangan takroriy so‘zlarga, ergash gaplardagi bir manzarani tasvirlovchi bir xil bo‘laklarga hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so‘zlarga alohida e’tibor berishi zarur. Odatda mantiqiy, ya’ni gap urg‘usidan keyin qisqa pauza qilinadi:
Mening yuragimdan boshqa do‘stim yo‘q,
Yaqin yo‘lolmagay g‘anim yo malik.
Vale, bilib qo‘ying – hech kim, hech qachon
Menga pand bermagan yuragimchalik.
Aytaylik, yuqoridagi to‘rt satr doirasida “yuragimchalik” so‘zini alohida ajratib aytish mumkin. Bunda shoir yuragidan astoydil og‘ringani ta’kidlangan. Boshqa bir ijrochi “hech kim, hech qachon” so‘zlarini alohida urg‘u bilan aytishi mumkin.
Bunday holatda esa eng ko‘p pand bergan yuragi ekanligi ta’kid qilinmaydi. Ayni choqda har bir satr uchun alohida bir so‘zga mantiqiy urg‘u qo‘yish mumkin. Birinchi satrda “boshqa”, keyingi satrda “yo‘lolmagay”, uchinchi satrda “hech kim, hech qachon” so‘zlarini,oxirgi satrda “pand” so‘zini alohida urg‘u bilan aytish mumkin. Muhimi, mantiqiy urg‘u duch kelgan so‘zga qo‘yilmaydi. Urg‘u asarning mazmunli, jozibali chiqishiga yordam berishi lozim.
Pauza (gr. pausus-tugash, to‘xtash so‘zidan) – nutq davomida tin olish, bir nafas to‘xtab o‘tish. Badiiy asarlarni o‘qish jarayonida pauzaning o‘rni muhim. Pauzaning ko‘rinishi uch xil:
1. Grammatik pauza.
2. Mantiqiy pauza.
3. Psixologik pauza.
Badiiy asarlar tarkibida mavjud tinish belgilariga asoslanib qilingan to‘xtalish grammatik pauza deyiladi. Odatda so‘roq, undov, nuqta, vergulga qilingan to‘xtalish grammatik pauza asosini tashqill qiladi.
Shoshilib kelganda allaqayerdan,
Qaygadir yo‘l boshlab ketadi mani.
Esiga tushganga o‘xshaydi birdan
Chorasiz umrimning tugab qolgani.
Nimadir izlayman
Yo‘q bisotimdan,
Yana boramanmi
Xudoga yig‘lab?
Onajon!
Onajon!!!
Nahot, ortimda –
Chirigan xazonlar qolar shivirlab?!
So‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to‘liq ifodalashga xizmat qiluvchi pauza mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza so‘zlar orasiga vertikal chiziq tortish bilan belgilanadi:
Qoshi yosinmu deyin, // ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘nglima har birining // dard-u balosinmu deyin?!
Yoki: Endi Sizga // gap navbati, // o‘rtoq so‘roq,
Ana chiqdi // so‘roq belgi // misli o‘roq.
Psixologik pauza – muallifning, asar qahramonining matnda yashiringan ruhiy holatini ifodalagan kuchli his-hayajon. Ruhiy pauza badiiy o‘qish jarayonida asar ifodasining jonli, jozibali, ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. “Intonatsiya” lotincha so‘z bo‘lib, “qattiq talaffuz qilish” degan ma’noni anglatadi.Ovozning ko‘tarilib tushishi, jumla yoki satrlarning tez yoxud sekin o‘qilishi kabilar o‘z me’yorida bo‘lsa, ohang tinglovchini o‘ziga jalb qiladi. Intonatsiya asar mazmunini, muallif maqsadini, qahramon kayfiyatini, his-tuyg‘usini tinglovchiga yetkazib beruvchi muhim vositadir.“Temp” lotincha so‘z bo‘lib, “sur’at”, tezlik”, “daraja”, “vaqt” degani. “Ritm” esa grekcha so‘z bo‘lib, “takt”, “ohangdosh” ma’nolarini anglatadi. She’riy nutqdagi muayyan bo‘laklarning biror teng vaqt ichida izchil va bir o‘lchovda takrorlanishiga ritm deyiladi. Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g‘oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi, o‘quvchi zavqini oshiradi.Nafas – badiiy o‘qishning asosiy vositalaridan biri badiiy o‘qish jarayonida nafas, ovoz va nutq a’zolari faol ishtiirok etadi. Nafas – badiiy o‘qishning muhim vositalaridan biridir. U kishi organizmi uchun ham asosiy oziqa hisoblanadi. Shuning billan birga, nutq so‘zlash jarayoni, ayniqsa, ifodali o‘qiish san’ati nafas negizi bilan uzviy aloqadordir. Nafas olinganda havo burun bo‘shlig‘idan kekirdakka boradi va nafas yo‘li orqali o‘pkaga o‘tadi. O‘pkaga kirgan havo qovurg‘a muskullarini kengaytiradi, natijada qovurg‘alar qorin bo‘shlig‘idan uzoqlashib ikki yonga kengayadi. Aniqrog‘i, ko‘krak qafasi har tomonga kengayadi. Shu bir vaqtda qorin bo‘shlig‘ini ko‘krak bo‘shlig‘idan ajratuvchi diafragma o‘pkaning havoga tushib kengayishi hisobiga pastga yaqqol sezilib turadi.To‘g‘ri nafas olish inson hayoti uchun ham, badiiy o‘qish uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Agar noto‘g‘ri nafas olisnsa – o‘rinsiz pauzalar qilinsa, o‘qilayotgan matn mantiqan buziladi. Matndagi muallif maqsadi tinglovchiga to‘g‘ri yetib bormaydi fikr tushunarsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun oliy va o‘rta maktablarning o‘qituvchilari o‘zlarining va o‘quvchilarning nafas organlari muskullarini chiniqtirib borishlari lozim. Bu borada amalga oshiriladigan chora va tadbirlar insonni sog‘ va baquvvat qiladi, tovush va nutqning aniq, ravon, burro va jarangdosh bo‘lishini ta’minlaydi.Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsulidir. Oliy asab tizimi biror narsaga tikilish uchun ko‘zlarga, biror narsani olish uchun qo‘llarga, oldinga qo‘dash uchun oyoqlarga buyruq (signal) bergani kabi ovoz chiqarish, nutq tovushlari yoki so‘zlarni talaffuz etish, ovozni jaranglatish yoki xiralatish, past yoki baland gapirish uchun ham muayyan a’zolarga signal beradi. Bu a’zolar esa, oliy asab tizimining buyruqlarini bajaradi. Ana shunday buyruqlarni bajarishda, ovozning muhim a’zolari bo‘lgan halqasimon, pardasimon va qalqonsimon tog‘aylar hamda ovoz naychalari asosiy rol o‘ynaydi. Hiqildoqning ichki devori ovoz yorug‘ini hosil qiladi. Ularning cheti esa ovoz boylamlarini tashkil etadi. Gorizontal holatda yotgan ovoz boylamlari asosan elastik to‘qimalardan (naychalardan) tuzilgan. Ular oldingi tomonda qalqonsimon tog‘ay bilan birlashib turadi, orqada esa bir-birlaridan uzoqlashadi. Ana shu uzoqlashgan paytda ular o‘rtasida burchak hosil bo‘ladi, buni ovoz yorug‘ deyiladi. Ovoz yorug‘i uchburchak shaklidadir.
Tog‘aylarni bir-biriga yaqinlashtirib va uzoqlashtirib harakatga keltirib turuvchi kuch qalqonsimon va halqasimon bir juft muskuldir. Boylamlar tortilishi, qisqarishi yoki tebranishi mumkin. Ular tinch turganda esa deyarli harakatsiz bo‘ladi, ular orasidagi tovush yorug‘i kichik bo‘lib nafas olinayotganda ovozsiz o‘tib turadi. Dastlabki paydo bo‘lgan tovush zaif va deyarli tembrsiz bo‘ladi. Ovoz tembr va kuchga ega bo‘lishi uchun qo‘shimcha sharoilar talab qiladi. Bunda halqum, burun-halqum va og‘iz bo‘shlig‘i rezonatorlik, ya’ni qaytargichlik vazifasini bajaradi. Ular tovushga ma’lum tus va kuch beradi. Bunday tuslanishning siri ovozning fizik xossasi, ya’ning uning qattiq jismlariga duch kelgach urilib, qaytib rango-rang rezonais kasb etish tabiati bilan bog‘liq. qayerda qaytargichlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha yerda ovoz kuchli, jarangdor va ko‘rkam bo‘ladi.
Demak, ovoz mashqlarida eng avvalo mana shu qonuniyatni nazarda tutish kerak. Tembr hosil qilishda hiqildiqdosh chiqayotgan tovushning yo‘nalish darajasi katta ahamiyatga ega. Agar tovush faqat burundan chiqsa xunuk, yoqimsiz, to‘ng‘illagan tembr hosil bo‘ladi. Tovush faqat qattiq tanglaydosh chiqsa, rangsiz «oq tovush», ya’ni shang‘i tovush hosil bo‘ladi. Tovush yumshoq tanglaydan chiqib, qattiq tanglayga tegib o‘tsa, jarangdor, yoqimli tovush hosil bo‘ladi. Tovushning so‘ngi xossasi esa uning balandligiga, ovoz boylamlarining kengayishi va tortilishi darajasiga hamda ularning qancha ko‘p tarang qilib tortilsa, ovoz shuncha baland jarangdor; u qancha bo‘g‘ bo‘lsa, ovoz shuncha past va do‘rillash bo‘ladi. Demak, tovushning asosiy xossalari, uning kuchi va tembri hamda baland-pastligi ovoz boylamlarining o‘zigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, eng avval oliy asab tizimi signallariga, qolaversa tovush aparatiga taalluqlidir. Tovush apparati esa, ta’kidlanganidek, oliy asab faoliyatining umumiy qonuniyatiga asosan harakat qiladi. Bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozikdir. Ayniqsa, bog‘chada, maktabda tarbiyachi va o‘qituvchilar bolalarning bo‘lar-bo‘lmasga baqirishlariga hamda bironta badiiy asardan olingan kuchlari boricha baqirib-chaqirib so‘kishlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Agar biror badiiy parcha noto‘g‘ri diapozon va balandlikda baqirib, kuchanib o‘pilsa, u holda ovoz muskullarining o‘ziga xos bo‘lmagan holatda ishlashga sabab bo‘ladi. Ovozni normal holatga keltirish bir – ikki mashq qilish bilan emas, balki ovoz mashqlarini muntazam o‘tkazish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ovoz mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish jarayoni deb qarash kerak. Ovoz mashqlari ham butun bir murakkab tizimini tashkil etadi. ularni to‘liq bilib olish uchun ovozni yo‘lga qo‘yish deb ataluvchi maxsus predmet bilan bog‘liq adabiyotlarga murojaat etish mumkin.
Badiiy o‘qishda notiqning ovozi bilan bir qatorda, uning tashqi ko‘rinishi - bo‘y-basti, qiyofasi, yuz ifodasi, so‘zlash jarayonidagi xatti-harakatlari ham juda muhim ahamiyatga ega. “O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu va material o‘quvchilarga to‘la yetib borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko‘zda tutgan holda aytilayotganlarga mos harakatlar ham qiladi: ko‘z, qosh, qo‘l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkomi yoki mamnunlikni va hokazolarni ifodalashi mumkin. Harakat o‘z o ‘mida bo‘lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi. Ammo hadeb o‘rinli-o‘rinsiz harakatlar qila berish o‘quvchini zeriktiradi”.1 Darhaqiqat, notiqning boshqalarni ishontirish va to‘lqinlantirish uchun so‘zlagan nutqi, avvalo, uning o‘zini ko‘proq to‘lqinlantirishi kerak. Bu haqda Mark Tulliy Sitseron nihoyatda obrazli bir fikr bildirgan: “... agar sen hakamga o‘zingdagi g‘am-anduh belgilarini so‘zlar, fikrlar, ovoz, yuz ifodasi va nihoyat ho‘ngrab yig‘lash orqali izhor etmasang, uning hamdard bo‘lishiga erishish mumkin emas. Olovsiz obz-o‘zidan yonib ketadigan yoqilg‘i yo‘q; agar sen o‘zing huzurida yonib va alangalanib turmasang, shunday bir aql yo‘qki, u sening nutqingdan yonib ketadigan bo‘lsa”.2 Sitseron notiqning fidoyiligi, aktyo‘rlik mahorati haqida fikrmulohaza yuritar ekan, o‘z kuzatishlaridan kelib chiqib, shunday bir voqeani misol keltiradi: “Uni tashlab о’zing Salarninga kirishga jur’at qildingmi? Yana otang yuziga qaraysanmi? Ushbu “yuziga” so‘zini u shunday ay tar ediki, har safar buni eshitganimda, ko‘zimga g‘azablangan va o‘g‘lini deb, g‘amginlikdan o‘zini yo‘qotgan Telamon ko‘rinib ketardi. Ana shu aktyo‘r o‘z ovozini mahzunlikka almashtirganida: Farzandsiz qariyaning Bag‘rini qon qilding, ezding, qiynading! Akangning vafoti, Ishonib topshirilgan go‘dagining Qismati senga hech, - Ushbu so‘zlarni aytayotganida, u ham yig‘laganday, ham ich-ichidan dard chekayotganday bo‘lib tuyular edi. Shunday qilib, aktyor har kuni shu rolni ijro etayotganida g‘amsiz, dardsiz o‘ynay olmasa, nahotki siz Pakuviy (asar muallifi) uni yozayotib xotirjam va loqayd bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? Bu mutlaqo mumkin emas. Men ko‘p marta eshitgan edim, hech kim, dilidan yonmagunicha va qandaydir ilhomsiz yaxshi shoir bo‘lolmaydi. Aytishlaricha, Demokrit va Platonning kitoblarida shunday deb yozilgan”. Buyuk notiqning (Sitseronning) san’at asarlarini yaratish va ularni ijro qilish mashaqqatlari haqidagi ushbu mulohazalari shu qadar teran, shu qadar hayotiyki, bu fikrlar go‘yo ikki ming yillar oldin emas, xuddi yaqindagina aytilganidek. Haqiqatan ham, hech bir ijodkor o‘z asarini loqayd yoki xotirjam holda yarata olmaydi. Muayyan asar to nihoyasiga yetguncha, ijodkor voqealar oqimida o ‘z qahramonlari bilan birga kurashadi, ularning shodligidan quvonib, qayg‘usidan iztirob chekadi. Bu holatni ba’zida so‘z san’atkorlarining o ‘zlari ham asarlari tarkibida lirik chekinish tarzida qayd qilib o‘tishadi.
Masalan, Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonini tugallar ekan:
So‘ngin nechakim uzottim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay tugattim oxir, – deb o‘sha paytdagi ruhiy ahvolini bayon etadi. Yoki Pushkinning ko‘pgina ertaklarida qahramonlar murod-maqsadlariga yetib, voqealar to‘y bilan tugallanganida shoir shunday misralarni qistirib o‘tadi:
To‘yda men ham bor edim,
Sharob ichdim, bol yedim.
Endi ayting-chi, Navoiy yig‘lab-yig‘lab tugatgan anduh to‘la dostoni yoki Pushkinning samimiy yumor bilan sug‘orilgan ertaklarini hech qanday his-tuyg‘usiz, ta’sirlanmasdan, beparvolik va loqaydlik bilan o‘qib bo‘ladimi? Fahm-farosati joyida bo‘lgan har qanday odam badiiy asaming dillarni to‘lqinlantiruvchi jozibasidan ta’sirlanadi. Mana shu ta’sirlanish og‘zaki ijro – ifodali o ‘qish jarayonida namoyon bo‘lishi lozim. Aniqroq qilib aytganda, ijrochining o‘zi o‘qiyotgan voqealarga munosabatini yuz ifodasi, ovozi, ko‘z qarashlari, bosh va qo‘l harakatlari orqali aks ettirib turishi lozim. Masalan, qayg‘uli yoki musibatli lavhalarini o‘qiyotganda ijrochi yuzida g‘am-alam ifodasi, ovozida chuqur iztirob ohanglari, yoki aksincha, xursandlik tasvirlangan o‘rinlarni yuzda shodlik ifodasi, ovozda ishonch va qat’iyat ohanglari bilan o‘qish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday badiiy asami badiiy o‘qishga kirishgan ijrochida birozgina bo‘lsa ham, aktyo‘rlik mahorati bo‘lishi zarur. Zero, asarda ishtirok etuvchilarning xarakter xususiyatlari, ichki kechinmalarini og‘zaki ijroda aks ettirish uchun asaming umumiy ruhini his qilish bilan bir qatorda, qahramonlar holatiga kirish ham talab etiladi. Qahramonlar holatiga kirishda esa, ikki narsa juda muhimdir: bulardan birinchisi – ovoz. Badiiy o‘qishda ovoz shunday bo‘lishi kerakki, g‘azabli joylarda tarang, keskin, shiddatkor, sokin o‘rinlarda muloyim, hishayajonli lavhalarda esa, ehtirosli, titroq holda o‘zgarib tursin. Asar mazmunidan kelib chiqqan holda, ovozning past, baland yoki o‘rtacha ohangda tovlanib turishi asar mohiyatini tushunish, ta’sirchanligini oshirish barobarida, eshituvchiga cheksiz zavq-shavq ham bag‘ishlaydi. Ikkinchidan, badiiy o‘qishda og‘zaki ijrochining yuz ifodasi va harakatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy o‘qish davomida harakatlardan shunday foydalanish lozimki, bu harakatlar aytilayotgan fikrlarni yanada toMdirishga, bo‘layotgan voqealarni ko‘z oldimizda yorqin jonlantirishga yordam bersin. Notiq qaddini to‘g‘ri va raso tutishi, yursa - ozgina va ba’zan yurishi, oldinga chiqsa - me’yorida va ba’zida chiqishi, bo‘ynini bo‘shashtirmasligi, barmoqlarini o‘ynatmasligi, lozim bo‘lgan o‘rinlarda, qo‘llarini cho‘zishi, osoyishta joylarda tushirishi, ba’zan qo‘llanmaning dastlabki qismlarida ovoz haqida kengroq ma’ lumot berilgan. Shuningdek, yuz ifodasi, ko‘z qarashlarining o‘zgarib turishi, lozim bo‘lganda, ko‘zlar mungli, g‘amgin boqishi lozim bo‘lganda, shodlikdan porlashi kabi harakatlar ham badiiy o‘qishning samaradorligini belgilaydi. men olim va shonli ustoz sifatida sizlarga o‘git berib aytamanki, siz o‘z nutqlaringizda g‘azablanish, achchiqlanishni ham, g‘amgin bo‘lishni ham, yig‘ashni ham biling”, - deydi Sitseron. Demak, notiq o‘zi so‘zlayotgan fikrlarga befarq bo‘lmasligi hissiyot bilan so‘zlashi lozim ekan. Buning uchun esa o‘zgalarning dardi, ehtirosi va ruhiy holatini qalban his qila olishi zarur. Shundagina nutq jozibali va nutq mazmuniga uyg‘un harakatlar o‘rinli kechadi. “Majolis un-nafois” asarida ana shunday hissiyot bilan so‘zlab, kishilarning qalbini to‘lqinlantiruvchi notiqlardan biri Mavlono Riyoziy haqida Navoiy shunday yozadi: va’z aytib, minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdu hoi qilur erdi”.3 To‘g ‘ri, yuzaki qaraganda, ko‘pchilik oldida o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaslik, asar voqealaridan ta’sirlanib, hatto yig‘lash darajasigacha borib yetish erish tuyulishi mumkindir. Lekin shunday asarlar ham borki, bu asarlarda inson qalbini junbushga keltiradigan ayrim voqealarni, ta’sirli lavhalarni, hissiyotsiz yoki ko‘zga yosh olmasdan o ‘qish aslo mumkin emas. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Layli va Majnunning o‘limi bilan bog‘liq lavhalarni, yoki “Shohnoma” dostonida Rustamning bilmasdan o‘z o‘g‘lini o‘ldirib qo‘yib, boshiga tuproq sochib yig‘lashi bilan bog‘liq epizodlarni larzaga tushmasdan o‘qib bo‘lmaydi. Ushbu asarlar qanchalik san’atkorlik va mahorat bilan yaratilgan bo‘lsa, uning o ‘qilishi, og‘zaki ijrochiligi ham san’atkorlik va mahoratni talab qiladi. Aks holda, “Eng ajib fikr ham, agar yomon ifodalansa, o(z qimmatini yo‘qotadi, agar takrorlanaversa, odamni diqqinafas qiladi” (F.Volter).
Binobarin, mavlono Riyoziy nutq paytida ko‘z yoshi qilish darajasiga yetib borar ekan, uning nutqida yoki she’rlarida bunga asosli sabab bo‘lgan. O‘z nutqidan o‘zi shunchalik ta’sirlanishi va boshqalarni ham shunchalik havaionga solishi, ishontirishi va hamdardlik tuyg‘usini uyg‘ota olishi mavlono Riyoziyning chinakam notiq, yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. So‘zlovchi o‘zining gapirish ohangi, ko‘z qarashlari, yoqimli xatti-harakati, xullas, butun qiyofasi bilan eshituvchilarni o‘ziga maftun etishi lozim. Zero, ba’zan aytilayotgan fikrlarga mos “go‘zal xatti-harakat - go‘zal so‘zdan a’lo” (S.Smayls). Ana shundagina, notiq o‘z nutqidan ko‘zlagan maqsadiga erishadi, shu bilan birga, eshituvchilarning mehrini qozonadi. O‘tmish tariximizda bunday notiqlar ko‘p bo‘lgan. Mavlono Husayn Voiz Koshifiy, mavlono Riyoziy, Xoja Muayyad Mehnagiy, Mulla Kalon Voiz Samarqandiy kabi ko‘plab ulug‘ kishilarning faoliyati buning yorqin dalilidir. “Makorim ul-axloq”, “Latoyif ut-tavoif ‘ kabi manbalarda hikoya qilinishicha, Husayn Voiz Koshifiy qayerda nutq so‘zlasa, shu yerda odamlar soni nihoyatda ko‘payib ketar ekan. Minglab xalq to‘plangan maydonlarning oxirida turgan odamlarga uning ovozi yetib bormasa ham, muxlislari bu zotning nurli siymosini uzoqdan bo‘lsa ham bir ko‘rishga ishtiyoqmand bo‘lganlar, so‘zlariga monand chiroyli xatti-harakatlarini zavqlanib kuzatib turganlar. Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy” asarida kishilar bir-biri bilan so‘zlashganda o‘zini qanday tutishi lozimligi haqida yoki notiq ko‘pchilikka va’z aytayotganida uning gapirish yo‘sini (mimikasi) bosh va yuz, tana va qo‘l harakatlari muhim ahamiyat kasb etishi haqida nihoyatda ibratli fikrlar bildirgan. Mashhur axloq targ‘ibotchisi bu fikrlarni o‘z hayotiy kuzatishlaridan og‘zaki ijrochilik faoliyatidan kelib chiqqan holda yozgan. Darhaqiqat, ijro - so‘zning tanho hukmdoridir. Nutqning qanday chiqishi, ya’ni eshituvchilar tomonidan yaxshi yoki yomon qabul qilinishi birinchi navbatda ijrochiga, uning mahoratiga, yanada aniqroq qilib aytganda, so‘zlar mazmuniga monand xattiharakatlariga ham bog‘liqdir.
Aytishlaricha, Demosfen “Suxandonlikda eng muhim narsa nima?” degan savolga: “Birinchidan - ijro, ikkinchidan - ijro, uchinchidan - ijro”, deb javob bergan ekan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, notiqlikda ijro eng muhim narsa bo‘lishi bilan birga, eng murakkab jarayon hamdir. Masalan, muayyan bir nutq matnini yoki she’mi har kim o‘z iqtidori va qobiliyatidan kelib chiqib har xil o‘qishi, har xil ijro qilishi mumkin. Kimdir asar ruhini tushunib, qalban his qilib, mahorat bilan ijro qilsa, ikkinchi birov hech narsani tushunmasdan, shunchaki o ‘qish kerak bo‘lgani uchungina, nihoyatda g‘aliz va g‘ashga tegadigan tarzda ijro qiladi. Mark Tulliy Sitseron notiqlar haqida, har bir notiqning o‘ziga xos ijro mahorati haqida fikr yuritar ekan, Katulga murojaat qilib, shunday deydi: “Sen Katul, mendan yaxshiroq biladigan Grakxni yoshlik paytlarimda nega bunchalik ulug‘lashardi! - Men baxtsiz qayerga boray? Qayerga? Kapitoliygami? Ammo Kapitoliy akamning qoniga bo‘yalgan. Uygami? Tashlab qo‘yilgan, nola chekayotgan baxtiqaro onamni ко ‘rish uchunmi? ” ushbu ijroda uning nigohi, ovozi, tana harakatlari shunday ediki, hatto dushmanlar ham yig‘lagan”.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, badiiy o‘qish hech qanday tayyorgarliksiz, shunchaki o ‘z-o‘zidan amalga oshadigan oson jarayon emas. Ifodali o ‘qish og‘zaki ijrochidan chuqur bilim, fahm-farosat, qobiliyat va mahorat talab qiladigan san’atdir.

Yüklə 53,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin