Unli tovushlar mashqi. 1-mashq. Unli tovushlarni aniq-ravshan va adabiy talaffuz etish:
i-e-a-o-o‘-u-i;
2-mashq. Unlilarni kombinatsion talaffuz etish.
i-e, i-а, i-о, i-о’, i-u;
e-i, e-a, e-o, e-o‘ e-u;
а-i, a-e, a-о, a-о’ a-u;
о’-i o‘-e, о ‘-а, о ‘-о, о -u;
u-i, u-е, u-a, u-о, u-о’.
Shuningdek,
i-e, i-e, i-e;
i-а, i-а, i-а;
e-a, e-a, e-a;
o-o ‘ o-o ‘ o-o‘
3-mashq.Unli tovushlar ko‘p uchraydigan tez aytish va she’riy, nasriy matnlarni o‘qish.
II. Undosh tovushlar mashqi. 1-mashq. P-В, K-G, T-D, S-Z kabi juft undoshlarni aniq differentsiatsiya bilan talaffuz etish mashqi:
P-B, P-В, P-B.
Bu tovushlarni talaffuz etishda har bir tovushning fonetik xususiyati, uning jarangli va jarangsiz, portlovchi yoki sirg‘aluvchi ekanligi hisobga olinadi.
2-mashq. Undosh tovushlarga unli tovush qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish:
Pi-pe-pa-po, po‘, pu, pi;
Bi-be-bo-po‘ -pu-pi;
Bippi, beppe, bappa, boppo, b o ‘pp o‘, buppu, beppe.
Topshiriq: Quyida berilgan she’r mazmunini izohlang. She’rni adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda o‘qing.
Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi-bo‘yi bor.
Tovushlarning sovug‘i ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i... (Maqsud Shayxzoda)
Tayanch tushunchalar: Nafas - badiiy o‘qishning muhim vositasi. Ovozni shakllantirish, ovoz turlari. Modulyatsiya - so‘zlash jarayonida ovozning balandlab va pasayib turishi. Artikulyatsiya - nutq organlarining ma’lum tovushni hosil qilish paytidagi harakati va holati.
Mazmunga kirib borish darajasiga ko‘ra mutolaa quyidagi turlarga bo‘linadi:
• ko‘z yugurtirib chiqish – umumiy taassurot olish uchun;
• matn bilan tanishib chiqish – umumiy mazmunni bilib olish uchun;
• o‘rganuvchi mutolaa – mavjud ma’noning eng ko‘p hajmini o‘zlashtirish uchun.
Matn bilan tanishib chiqish va o‘rganishdan oldin odatda kitobga ko‘z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi.
Ko‘z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varag‘i, mundarijasi, annotasiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana shu axborotning o‘zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo‘lishini belgilashga yordam beradi.
Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni o‘qish) bir necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bo‘yicha o‘zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun qo‘llaniladi.
O‘rganish uchun mutolaa – mutolaaning faol turi. O‘quvchi tomonidan asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to‘xtalib va axborotlarni mushohadadan o‘tkazib o‘qish hollarida bunday tur ishlatiladi.
O‘rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini o‘zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, oldingizga qo‘ygan savollarga javob topishga qaratilgan.
Mutolaaning bu turi materialni o‘rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar bo‘yicha izchil o‘qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o‘z fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtayi nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi.