Talaffuz. Masalan, o‘qidingiz so‘z shaklini yozilganiday 9 ta emas, 8 ta tovush tarzida talaffuz qilish me’yor, ya’ni “n+ g” ikki tovush emas, balki ng tarzidagi bir tovush. Shunga qaramay, aksariyat o‘qituvchilar ham Uy vazifasini bajardin-giz-mi? О ‘rtog‘in-gizgci yordam berdin-gizmi? О ‘rningizdan turing! tarzida adabiy talaffuz me’yorlarini buzadilar. Yoki ba’zilar tonna, nota, tok, talon, tort, futbol, boks kabi o‘zlashma so‘zlardagi “o ” harfini adabiy talaffuzga “o‘” emas balki “o ” tovushi tarzida noto‘g‘ri talaffuz qiladilar” Professor N.Mahmudov ta’kidlaganidek, hatto oliy ma’lumotli katta kishilar o‘rtasida ham so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish hodisasi uchrab turadi. Ayniqsa, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi "-ning” bilan tushum kelishigidagi “-n i” qo‘shimchalarini ajrata olmaslik yoki “h” va "x ” harflarining farqiga bormaslik holatlari so‘z ma’nolarining buzilishiga, jumlalar tuzilishdagi g‘alizliklarga olib keladi. Qisqa qilib aytganda, qaysi so‘zning qanday talaffuz etilishi so‘zlovchining savodxonlik darajasi, bilimdonlik saviyasi bilan bog‘liq. Chunki fikr ravshanligi ifoda ravshanligini ta’minlaydi.
Shartli ravishda talaffuzni ikki turga ajratish mumkin.
1. Kundalik hayotdagi oddiy so‘zlashuv talaffuzi.
2. Badiiy o‘qish san’ati bilan bog‘liq ijrochilik talaffuzi.
Badiiy o‘qish san’atidagi talaffuz kundalik hayotdagi oddiy so‘zlashuv talaffuzidan ohangdorligi, ta’sirchanligi ovoz tovlanishlari va adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilinishi bilan ajralib turadi. Badiiy o‘qishda ijrochi nutqidagi tovushlar beqaror, ovoz tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ijrochi ovozidagi ohangdorlik va so‘zlaniing chiroyli talaffuz qilinishi kishining ruhiy holatiga ta’sir qilib, yaxshi kayfiyat uyg‘otadi.
Badiiy o‘qish va nutq madaniyati Nutq organlarining ma’lum bir tovushni hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulyatsiya deyiladi. Nutq tovushlarining aniq yoki noaniq talaffuzi artikulyatsiya apparatining faol yoki nofaolligiga ham bog‘liqdir. Badiiy o‘qishni o‘rganish uchun, awalo, nutq tovushlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish lozim. Shundagina talaffuzda aniq va yorqinlikka erishish mumkin. Buning uchun quyida ko‘rsatilganidek, xilma-xil diktsion mashqlar qilish ham yaxshi natija beradi: