2-ma’ruza: she’r yodlash usullari. Badiiy o‘qish vositalari haqida umumiy ma’lumot. Matn ustida ishlash, unda ovoz, intonatsiya, urg‘U, pauza, talaffuz, temp, mimika kabi vositalardan foydalanish. Reja


Mashq. Quyidagi matnni ifodali o‘qing. o‘qish davomida ko‘z, yuz, bosh va qo‘l harakatlariga e’tibor bering. Zolning tug‘ilgani



Yüklə 53,75 Kb.
səhifə7/8
tarix22.05.2023
ölçüsü53,75 Kb.
#119952
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu ma\'ruza (2) (1)

Mashq. Quyidagi matnni ifodali o‘qing. o‘qish davomida ko‘z, yuz, bosh va qo‘l harakatlariga e’tibor bering.
Zolning tug‘ilgani
Qadim zamonlarni etib namoyon,
So‘zlab beray endi ajib bir doston.
Somga qanday o‘yun ko‘rsatdi falak,
So‘zlab beray quloq sol, o‘g‘lim, andak.
Farzandsizlikdan ko‘p azob chekib Som,
Dard chekib, diliga istardi orom.
Shabistonida bor erdi nigori,
Yonog‘i gulbargu mushkinmo‘y yori.
Farzand orzu qilar erdi shul oydan,
Yurak arzandasi xurshid chiroydan.
Ayolning ham Somdan yuki bor edi,
Bu yukdan joniga ko‘p ozor edi.
Chaqaloq tug‘ildi oxir onadan,
Quyoshdek nur sochar yotgan xonadan.
Husnda, chiroyda olam ichra toq,
Ammo bir aybi bor, sochlari oppoq.
Bunday oq soch bola kelgan olamga,
Hafta o ‘tdi, hech kim aytolmas Somga.
Ayollar g‘uj-g‘uj Som shabistonida,
Go‘dakka boqishar, hadik jonida.
“Jufti halolingdan tug‘ilmish, deb chol”
Somga aytmoqqa yo‘q kimsada majol
Doyalar ichida bitta kanizak
Bor erdi, hayiqmas, botir, sher yurak.
Bu mujdani Somga yetkazdi o ‘sha,
Lab ochib ofarin deb qo‘sha-qo‘sha.
So‘ng dedi: “Som baxti ochilib kulsin,
Hasadchilar dili yorilib o‘lsin.
Yazdon istagingni ayladi bajo,
Orzuying ushaldi, dil topmish davo.
Pushti kamaringdan, ayo, hojatmand,
Tug‘ildi oy yuzli pokiza farzand.
Pahlavondek bola botir va sherdil,
Halitdan u arslon nigohli o‘g‘il.
Tana nuqra misol, yuzi bir jannat,
Birorta xunuklik topilmas, faqat.
Faqat oq soch bilan tug‘ilmish bola,
Ne derdik tangriga bu ish havola.
Xudo bergani shu, shukr qil, shukr,
Olmasin dildan joy hech yomon fikr!”
Taxtidan ohista tushiu uutii Som,
Yor yoniga kirib bordi shul hangom.
Keksa o‘g‘lin ko‘rdi, sochlari oppoq,
Na ko‘z ko‘rgan ish bu, na tuygan quloq.
Tanda butun mo‘yi oppoq misli qor,
Chiroyi barq urar misoli bahor.
Farzandini ko‘rgach, choldek m o‘ysafid,
Jahondan bir yo‘la uzildi umid.
Mardum ta’nasidan tap tortib qoldi,
Avzoyi o‘zgardi, xayolga toldi.
Qulochin osmonga yozib Som faqir,
Yaratganga nido qilardi haqir.
“Ey to‘g‘ri-egridan baland xudoyim,
Yaxshilik tug‘ilar ra’yingdan doim.
Agar qilgan boMsam men og‘ir gunoh,
Devlarga ergashgan bo‘lsam gar,e voh,
Karamli tangridan kutardim karam,
Qilmayin oshikor kechirar egam.
Bu sharmandalikdan siqilib jonim,
Uyatdan tanamda qaynaydi qonim.
Bu bola misoli kichik Ahriman,
Ko‘zlari qora-yu, sochlari suman.
Botirlar bul tomon yo‘l olib agar,
Badnishon bolani ko‘rib qolsalar,
Ne derman, desalar: “Bu qanday bola?
Parimi, yo‘lbarsmi, nechun bu ola?”
Bu bola deb mendan oshkoru nihon
Kulajak kiborlar, amiru sulton.
Bu isnoddan tashlab ketay Eronni,
Yurtimdan begona kezay jahonni!”

Yüklə 53,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin