2 mavzu: Aholi to’g’risida ma’lumotlar manbalari Reja: Aholi ro‘yxatlari va uni o‘tkazish tamoyillari Aholining son va sifat hususiyatlari



Yüklə 341,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix19.05.2023
ölçüsü341,63 Kb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 2

Ijtimoiy-demografik tavsiflar. Ro'yxatga olish dasturining ijtimoiy 
guruhlar va sinflarining miqdoriy nisbatlarini aniqlash imkonini beruvchi aholining 
ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy kesimda aholini boshqa barcha tavsiflarining 
o'rganilishi masalalari, ya’ni ijtimoiy guruhlar va sinflar bo'yicha 
differentsatsiyalash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Sinflar ishlab chiqarish 
vositalariga egaligi bo'yicha aniqlanadi. Bu holat rasmiy tarzda «ishdagi holat»ga 
tenglashtirilishi mumkin emas, ko'pincha rivojlangan mamlakat- lardagi ro'yxatga 
olishlarda uchta toifa farqlanadi: xo'jayinlar, yollanma ishchilar, yordam beruvchi 
oila a’zolari. Rasman xo'jayin bo'lib yirik zavodning egasi va kichik hunarmand 
ham bo'lishi mumkin; yollanma ishchi bo'lib — doker va yirik firmaning direktori 
ham bo'lishi mumkin, mohiyatan, ko'pchilik hollarda uning xo'jayini bo'ladi; 
yordam beruvchi oila a’zolari bo'lib — fermerning xotini va monopolistning «ish 
o'rganayotgan» o'g'li bo'lishi ham mumkin. Aholi ro'yxatlarida ijtimoiy 


guruhlarning bevosita ta’rifi berilib, unga ko'ra, ro'yxatdan o'tuvchi (agar u 
ishlayotgan bo'lsa), o'zining mavjud holatiga ko'ra, agar ishla- mayotgan bo'lsa, 
aytaylik pensionerlikka o'tgan bo'lsa, awalgisini yoki agar qaramog'ida bo'lgan 
kishi voyaga yetmagan bo'lsa, kimning qaramog'ida bo'lsa o'shaning holatiga 
asoslanib ko'rsatishi kerak va h.k. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, dasturning ushbu qism masalalari shunday 
shakllantirilishi kerakki, bunda awalambor mash- g'ulotga ega bo'lgan, daromad 
keltiruvchi, mustaqil daromad ko'rish manbalariga ega bo'lgan va boshqa 
shaxslaming, davlatning yoki jamoat tashkilotlarining qaramog'ida bo'lgan odamlar 
guruhlarini ajratib ko'rsatish mumkin bo'lsin. So'ngra ish bilan band bo'lganlarni 
iqtisodiyot tarmoqlari yoki ijtimoiy faoliyatning u yoki bu tarmog'iga taalluqligini 
ob’yektiv mashg'ulotlar bo'yicha ajratish zarur. Oddiygina qilib bunga ish joyi 
haqidagi savolni qo'yish yo'li bilan erishiladi. Ishlab chiqish jarayonida bandlar 
tarmoqlar bo'yicha korxona yoki muassasaning tavsifi asosida guruhlanadi. Bunda 
mustaqil ish joyi nima ekanligi haqida aniq ko'rsatmalar kiritilishi kerak. Ularsiz, 
masalan, zavodning bolalar bog'chasida ishlaydigan ishchilar ma’lum bir hollarda 
ushbu sanoat tarmog'i ishchilari tarkibida bo'lib qolishi (agar ishchilar o'z ish joyini 
zavod deb aytadigan bo'lsa), boshqa holda esa maorif ishchilari tarkibida bo'lib 
qolishi mumkin (agar ular o'zlarini bog'chaning ishchilari, deb hisoblaydigan 
bo'lsa). Shuningdek, shaxsiy funktsiyalar tavsifini ham aniqlab olish kerak, chunki 
ular ish joyi bo'yicha aniqlanmaydi: masalan slesar sanoatning istalgan tarmog'ida, 
qishloq xo'jaligida, uy xo'jaligida va h.k.larda band bo'lishi mumkin. 
1989 yildagi ro'yxatdan o'tkazishda ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflar quyidagi to'rt 
savol bilan aniqlangan: 
1. 
Mavjud mablag' manbalariga ko'ra, ya’ni bu savolga so'ralayotgan shaxsdan 
korxona yoki muassasada, tomorqa xo'jaligida ishlashini ko'rsatishi yoki pensiya, 
nafaqa, stipcndiya oladimi (davlat qaramog'ida) yoki xususiy shaxs qaramog'ida 
ekanligini ko'rsatishi talab qilingan. 
2. 
Ish joyi (korxona, tashkilot, muassasa yoki xo'jalik nomi); 


3. 
Ish joyi bo'yicha mashg'uloti, bunda lavozimi yoki bajaradigan mashg'uloti 
ko'rsatilgan; 
4. 
Ijtimoiy guruhi, bu yerda quyidagi guruhlar ajratilgan: ishchi, xizmatchi
hunarmand, yakka tartibdagi dehqon, madaniyat xodimi va h.k. 
Ko'pincha dasturning ko'rib chiqilayotgan qismida aholini ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan yanada aniqroq tavsiflash imkonini beruvchi savollar nazarda tutilgan, 
masalan, ikkinchi (yordamchi) mashg'uloti yoki avvalgi mashg'uloti (nogironlar va 
nafaqaxo'rlar uchun). Oxirgi vaqtlarda ro'yxatga olishda daromad miqdori haqida 
ham ma’lumotlar olishga bo'lgan harakatlar uchrab turibdi. 

Yüklə 341,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin