2 mavzu: Aholi to’g’risida ma’lumotlar manbalari Reja: Aholi ro‘yxatlari va uni o‘tkazish tamoyillari Aholining son va sifat hususiyatlari


Aholining son va sifat hususiyatlari



Yüklə 341,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix19.05.2023
ölçüsü341,63 Kb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 2

2. Aholining son va sifat hususiyatlari 
Demografik ro'yxatdan o'tkazish dasturini quyidagi bir nechta guruhlarga 
ajratish mumkin. 
1. 
Aholi toifalarini hisobga olishni ko‘zlovchi masalalar. Amaliyotda, 
buning uchun ro'yxatga olishning kritik momentiga berilgan xonadonda kim 
yashaganligi, jumladan, yashashning doimiy yoki vaqtinchalik tavsifi aniqlanadi. 
Bundan tashqari, doimiy yashovchilar ichidan vaqtinchalik yo'qlar ham inobatga 
olinadi. Yashash tavsifmi yanada aniqlashtirish uchun vaqtinchalik yo'q bo'lish 
davomiyligi yoki vaqtinchalik yashash sabablari xususida savollar qo'yiladi. 
Chunki, aksariyat odamlar hisobchilar bilan doimiy yashash joyida uchrashadi va 
ro'yxatga o'tkazishning kritik momentida (ayni vaqtida) mavjud bo'lganliklari 


uchun vaqtinchalik yo'qligi yoki vaqtinchalik yashayotganligi to'g'risidagi dalilni 
inobatga olishning o'zigina kifoya qiladi, xolos. Masalan, 1989 yildagi ro'yxatga 
olishda aynan shunday qilingan edi. Yashovchilar ro'yxatidagi doimiy 
yashovchilar, lekin vaqtincha yo'qlar uchun uydagi bo'lmaganligining davomiyligi 
va sababi yozib qo'yilgan, vaqtinchalik yashovchilar uchun esa doimiy yashash 
joyi va u yerda bo'lishining davomiyligi yozib qo'yilgan. Varaqalarning o'zlarida 
esa «vaqtinchalik yo'q» yoki «vaqtincha yashaydi» deb belgilab qo'yilgan. Agar bu 
belgilarning birinchisi bo'lmasa ushbu odam mavjud odamlar tarkibiga kirishini, 
agar ikkinchisi bo'lmasa doimiy yashovchilar soniga kirishini, agar ikkalovi ham 
bo'lmasa, unda ushbu odam ro'yxatga qo'yilgan joyidagi aholining mavjud odamlar 
tarkibiga va doimiy yashovchilari tarkibiga kiritilgan. 
2. 
Shaxsiy (demografik) tavsiflar - jins, yosh, nikoh holati. 
So'raluvchining jinsi to'g'risidagi savol alohida tushuntirishlarni talab 
etmaydi. Ushbu savol barcha ro'yxatga olish dasturlaridan chiqarilib tashlanadi. 
Aholini jinsi bo'yicha tarkibi aholining takror barpo bo'lishini, mehnat resurslarini 
va h.k.larni o'rganishda juda muhim rol o'ynaydi. 
Ro'yxatga olish dasturining eng muhim savollaridan biri - yosh to'g'risidagi 
savoldir. Aholini ro'yxatga olishda yoshi yoki tug'ilish sanasi to'g'risida savol 
qo'yilgan, chunki yosh uzluksiz alomat bo'lib, to'liq yillarning butun sanalari 
yozuvini o'zida aks ettiradi. Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun odatda hayotning 
oylar bo'yicha miqdori inobatga olinadi. 
Yosh to'g'risidagi savol bir vaqtning o'zida juda mushkul masalalardan 
biridir. Gap shundaki, odamlar aniq yoshning o'rniga ko'pincha yaqin bo'lgan, 
yaxiitlangan yiHar sonini ko'rsatishadi. Natijada odamlarni yoshlar bo'yicha 
taqsimlayot- ganda yaxiitlangan yoshlarning to'planmasi vujudga keladi. Ushbu 
hodisa «yosh akkunmlyatsiyasi» deb yuritiladi. Yoshni noaniq ko'rsatishning 
asosiy sababi — aholini madaniy darajasining natijasidir. Bu yerda ro'yxatga 
olishda yillar sonini ko'rsatish o'rniga odamlarga o'zlarini oddiygina qilib uchta 
guruhlardan biriga kiritish so'raladi: bolalar, kattalar yoki qariyalar. 


Iqtisodiy rivojlangan mamlakatiaming aksariyatida ko'pincha tug'ilgan sanasi 
to'g'risidagi savol qo'yiladi. Tug'ilgan sana ayrim demografik hisob-kitoblar uchun 
juda muhim, xususan, boshqa hodisalar bilan taqqoslash uchun ham muhimdir 
(farzandning tug'ilishi, nikohga kirish va h.k.). Tug'ilgan sanani bilgan holda 
ro'yxatga olish vaqtidagi aniq yoshni aniqlash mumkin, vaholanki, to'lgan yillar 
soni to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'la turib tug'ilgan sanani aniqlashtirish 
mumkin emas. 
Tug‘ilgan sanani ro'yxatga olish yilidan tug'ilgan yilning sonini ayrib tashlab 
to'lgan yillarga aylantirish mumkin. Bunda, agar lug llgan sana ro'yxatga olish 
yilidagi uning sanasidan keyinroq bo‘lsa, mavjud farqni birga kichraytirishga to'g'ri 
keladi. Shu bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ishlardan qochish maqsadida ba’zida 
nafaqat tug'ilgan sana to'g'risidagi, balki to'lgan yillar soni to'g'risidagi savol ham 
qo'yiladi. Bizning mamlakatda barcha ro'yxatga olishlarda to'lgan yillar soni 
inobatga olingan (1 voshgacha bo'lgan bolalar uchun — oylar ko'rsatilgan); 1970, 
1979 va 1989 yillarda o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish dastur- larida tug'ilgan yil 
to'g'risidagi savol ham qo'yilgan. To'lgan yillar sonini to'g'ri aniqlash uchun 
hisobchi so'ralayotgan odani 17 yanvargacha, 17 yanvarda yoki bu sanadan 
keyinroq tug'ilgan- ligini aniqlash va keyin mos ravishdagi belgini qo'yishi lozim. 
Agarodam 17 yanvargacha tug'ilgan bo'lsa, uning yoshi 1989 yil va tug'ilgan yil 
farqiga teng bo'ladi, agar 17 yanvardan keyin tug'ilgan bo'lsa, ushbu farq 1 ga 
kamroq bo'ladi. 
Nikoh holati to'g'risidagi savol odatda o'zida to'rt javob variantini mujassam 
etadi: nikohdami; ro'yxatga olish vaqtida nikohda bo'lmaganlar uchun — hech 
qachon nikohda bo'lmagan; beva va ajrashgan. Ayrim mamlakatlarda, xususan 
AQSHda oila tarkibi tavsifmi yanada aniqlashtirish uchun «bo'linganlar» 
(separated), ya’ni alohida yashovchi turmush o'rtoqlarga ajratilib, nikohda 
bo'lganlar orasida esa turmush o'rtog'i ushbu uy xo'jaligi yoki oila a’zolari tarkibiga 
kirmaydiganlarga ajratilib ko'rsatiladi. 
Avvalambor, nikohda bo'lganlar deb kimlar atalishini aniqlashtirib olish juda 
muhim. Ko'pgina hollarda faktik nikoh munosabatlar mavjud qonunlar va 


odatlarga ko'ra rasmiylashtirilgan yoki yo'qligidan qat’iy nazar inobatga olinadi. 
Ba’zan bu narsa yanada aniqlashtiriladi. Masalan, Meksikada nikoh fuqarolik yoki 
diniy ekanligi to'g'risida, Bolgariyada esa nikoh ro'yxatdan o'tkazil- ganligi haqida 
so'ralgan. Ushbu aniqlashlar ma’lumotlarni joriy hisob bilan qiyoslashni 
ta’minlashga bo'lgan intilishi natijasida amalga oshirilgan bo'lib, bunda nikohda 
tug'ilganlar deb faqat ota-onalari yuridik jihatdan ro'yxatdan o'tkazilgan 
hisoblanadi. 
Shuningdek, kimlarni ajralishgan deb hisoblashni ham aniqlashtirib olish 
kerak. Faqatgina ro'yxatga olingan nikoh hisobga olinadigan holda masala oddiy 
hal qilinadi. Faktik nikohni hisobga olishda esa masala turmush o'rtog'i o'lib nikoh 
to'xtalishi sabab bo'lmagan. 
1897 va 1926 yillarda o'tkazilgan aholi ro'yxatlarida nikoh holati to'g'risidagi 
savol, uning kengaytirilgan tavsifini nazarda tutgan. Biroq, keyingi uchta 
ro'yxatdan o'tkazishlarda (1939, 1959 va 1970 yillar) faqat nikohda turadimi yoki 
yo'qligi to'g'risida ko'rsatish so'ralgan. 1979 va 1989 yillardagi ro'yxatdan 
o'tkazishda nikoh holatining to'rtta toifasi hisobga olingan: hech qachon nikohda 
bo'lmaganlar; nikohda bo'lganlar; bevalar va ajrashganlar. 
3. 

Yüklə 341,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin