kelmaydi, shuning uchun zamonaviy aholi ro'yxatlarida ushbu toifa juda kam
hollarda qo'llaniladi.
Aholini ro'yxatdan o‘tkazishda aholi toifalaridan biri - yo mavjud, yo doimiy
yoki ikkala toifasi ham bir vaqtning o'zida qo'llanilishi mumkin. Hududning
mavjud va doimiy aholi soni bir-biridan keskin farq qilishi mumkin, ammo jamoat
transporti tarmog'i, ulgurji savdo va h.k. aynan mavjud aholiga mo'ljallanishi
lozim. Bu, ayniqsa, mavsumiy omil bo'lib, muhim ahamiyat kasb etuvchi hududlar
uchun dolzarbdir. 1926- va 1939-yillarda o‘tkazilgan aholi ro'yxatlarida mavjud
aholi qayd etilib, keyingi aholi ro'yxatlarida
ham mavjud, ham doimiy aholi
ro'yxatga kiritilgan. Bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlarida faqat
doimiy aholi ro'yxatga olinadi.
Aholini ro‘yxatdan o'tkazishda aniq vaqt va aholi toifalari bilan birga
quyidagi asosiy tamoyillar ham e’tiborga olinadi:
•
aholi ro'yxatining umumiylik tamoyili. Imkon qadar muayyan mamlakat
hududida mavjud bo'lgan barcha fuqarolar, shuningdek, shu davlatga
tegishli, biroq
ayni vaqtda chet elda bo'lgan fuqarolarga oid ma’lumotlar yig'iladi. Aftidan, ushbu
tamoyilga amal qilish murakkabdir, chunki aholi bir joyda turmaydi, odamlar
oqimi muntazam ravishda mamlakat hududi bo'ylab harakatlanadi. Shunga
qaramay, aholini ro'yxatdan o'tkazish uslubiyoti imkon qadar maksimal darajada
ushbu tamoyilga amal qilishga yo'naltirilgan;
•
shaxsiylik tamoyili. Aholi haqidagi ma’lumotlar ism-sharifga ko'ra, ya’ni har
bir shaxsga
doir jamlanadi;
•
aholi ro'yxatini o'tkazishning muntazamlilik tamoyili. BMT tavsiyalariga
ko'ra, aholi ro'yxati muntazam ravishda, 10 yilda bir martadan kam bo'lmagan
muddatda o'tkazilishi lozim;
•
o'z-o'zidan aniqlash tamoyili. Odatda, aholi haqidagi ma’lumotlar
hujjatlardan emas, balki odamlarning so'zlaridan
32
olinadi. Farzandlarga tegishli axborotni ota-ona yoki vasiylar beradi. Ro'yxatga
olinayotgan paytda aholining ayrim jihatlari, ya’ni ba’zi savollarga javobni
faqatgina so'ralayotgan shaxs so'zlaridan olish mumkin (masalan, etnik mansubligi,
ona tili va h.k.).
Garchi aholi ro'yxati o'tkazilganda ma’lumotlar har bir fuqaro haqida
to'plansa ham, ro'yxatning qayd etish birligi sifatida oila yoki uy xo'jaligi olinadi.
Ushbu tamoyil aholining oilaviy tarkibi yoki uy xo'jaligi bo'yicha taqsimlanishiga
oid axborotga ega bo'lish imkonini beradi. Statistikada oila - bu qarindoshlik (ota-
ona
- farzandlar, aka-uka, opa-singillar) yoki bir xususiyat (er-xotin, kuyov-
qaynona/qaynota, kelin-qaynona/qaynota) ga ko'ra birlashgan, birgalikda
yashovchi yoki umumiy budjetga ega bo'lgan shaxslarguruhidir. Oiladan farqli
ravishda, uy xo'jaligiga birlashgan insonlar qarindoshlik yoki bir xususiyat bilan
bog'lanmasliklari mumkin (masalan,
yotoqxonada bir xonada yashab, umumiy
xo'jalik yurituvchi), uning tarkibida xizmatkorlar bo'lishi ham kuzatiladi. Oiladan
farqli o'laroq, uy xo'jaligi bir odamdan iborat bo'lishi mumkin. Oilaviy uy xo'jaligi
va jamoaviy uy xo'jaliklari bir-biridan farqlanadi (masalan, qariyalar uyida
yashovchilar, harbiy qism «aholisi»). Ayrim mamlakatlarda tanlama ro'yxatga
olish savollari ham qo'llanilib, unda savollar barcha aholiga emas, balki uning
ma’lum qismiga beriladi. Tanlama ro'yxatning o'tkazilishi
unga sarflana- digan
xarajatlarni qisqartiradi, chunki savollar butun aholiga berilmaydi, biroq
o'rganilishi lozim bo'lgan dolzarb muammolar batafsil tadqiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: