2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə29/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
2- Mavzu

Yangi davrda tabiatga munosabat (avvalo ilmiy nuqtai nazardan) yanada faolroq o`rganila boshlandi. Shu davrdan e’tiboran u nafaqat nazariy yoki estetik ilhom manbai sifatida, balki amaliy faoliyat jabhasi sifatida ham qaraldi. Insonga tabiatning stixiyali kuchlarini jilovlash va o`ziga bo`ysundirish imkonini beruvchi tabiiy qonunlar aniqlandi. Tabiatning inert jarayonlari inson aqlining mutlaq hukmiga bo`ysunishi mumkin va lozim deb hisoblandi. Buning uchun faqat ularni bilish, sinovdan o`tkazish lozim.
Tabiatni o`zlashtirish, uning stixiyasini tabiiy qonunlarni anglab yetish yo`li bilan jilovlashga intilish o`sha davrdan boshlab XX asrning o`rtalarigacha tinimsiz kuchayib bordi. Bunga fanning rivojlanishida erishilgan muvaffaqiyatlar, insonda o`z kuchiga bo`lgan ishonchni yanada kuchaytirgan texnika yutuqlari ko`p jihatdan ko`maklashdi. Tabiiy qonunlarni bilish va ulardan foydalana olish insonga tabiatning qudratli kuchlariga qarshilik ko`rsatishga amalda yordam berdi.
Fan-texnika taraqqiyoti yuksalishiga qarab inson o`zining tabiatdan cheksiz darajada ustunligiga bo`lgan ishonchi mustahkamlanib bordi.
evropada yuz bergan burjua inqiloblari tabiatni ekstensiv o`zlashtirishga qattiq turtki berdi. Bu, xususan, xo`jalik muomalasiga jalb qilinayotgan tabiiy resurslar hajmi va turlarining ko`payishida o`z aksini topdi. Bunga o`sha davrda iqtisodiy faoliyat miqyosi xom ashyo bazasi, ya’ni qurilish materiallari va foydali qazilmalar mavjudligi bilan deyarli cheklanmagani ham imkoniyat yaratdi. Energetika resurslari ham cheksiz bo`lib, ular har qanday mamlakatning o`sib borayotgan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli edi. Agar ular bir joyda kamaysa yoki tugasa, boshqa mintaqalarga murojaat etishning o`zi kifoya edi. Gap faqat u yoki bu konlardan foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligida edi. Shunday qilib, o`sha davr sharoitida odamlar iqtisodiy faoliyatining miqyosi va sur’atlari amalda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi va tabiiy boyliklarni olish imkoniyati bilangina belgilanar edi.
Yangi va yangi zavodlarning mo`rilaridan chiqayotgan quyuq tutun, ko`payib borayotgan konlar va terrikonlar (konlar yaqiniga to`kilgan bo`sh jins uyumlari) hatto XX asrning birinchi yarmidayoq oddiy ong darajasida taraqqiyot ramzlari sifatida idrok etilar va insonning iqtisodiy yutuqlari va qudratidan dalolat berardi. Ayrim olimlar, o`tkir zehnli mutafakkirlargina insonning o`sib borayotgan ekspansiyasi, boshqarilmaydigan texnika taraqqiyoti zamirida insonni qurshagan muhit, binobarin, uning o`zi uchun ham qanday xavf yashirinib yotgani haqida kuyinib gapirdilar.
Xususan, tabiiy huquq kontseptsiyasi muallifi J.J.Russo qonunchilik kishilik jamiyatining tabiiy qonunlaridan kelib chiqishi lozim, deb hisoblaydi. U fan va tsivilizatsiyani axloqning yaxshilanishiga ko`maklashmagani uchun tanqid tig`i ostiga oladi va «tabiatga qaytish»ga chaqiradi. Bunga uning mashhur vatandoshi va texnika taraqqiyoti tarafdori Vol’ter kinoya bilan shunday deb javob beradi: «Russoning gaplarini eshitsam, o`rmonga qarab emaklab chopgim keladi»16. Fan-texnika taraqqiyoti tarafdorlari va muxoliflari o`rtasida XVIII asrda boshlangan bu munozara hozirgacha to`xtagani yo`q va bir tomondan, inson fan va texnika sohasida qo`lga kiritgan, uning hayot sharoitlarini, hech shubhasiz, yaxshilagan va tabiatning stixiyali kuchlariga qarshilik ko`rsatish imkoniyatlarini oshirgan real yutuqlaridan, boshqa tomondan esa – fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirayotgan va odamlar hayotining nozik negizlariga putur yetkazayotgan yangi va yangi muammolardan bahra olmoqda.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin