2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja



Yüklə 275 Kb.
səhifə3/30
tarix23.01.2023
ölçüsü275 Kb.
#80213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat fal (1)

Falsafa metodlari. Falsafaning asosiy metodologik quroli nazariy tafakkurdir. Tabiiy fanlarda bo‘lgani kabi falsafada tajriba, eksperiment yoki boshqa bir aniq fan metodlari mavjud emas. Lekin falsafa boshqa barcha fan tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, taraqqiyot xususiyati, kashfiyotlar, vujudga kelayotgan qonuniyatlarni umumiy tahlil, analiz va sintezi asosida o‘zining xulosalarini beradi. SHuning uchun falsafada oddiy kuzatuv va mushohada usulidan sinergetik metodgacha oddiy tizimlardan murakkab tizimlargacha bo‘lgan borliq sifatidagi mavjudlikning makon, zamon, harakatdagi jarayoni qonuniyati o‘rganiladi.
Dialektika. Falsafaning asosiy ilmiy metodlaridan biri dialektik metoddir. Dastlab dialektika so‘zi ma’nosi suhbat yoki dialog yuritish san’ati, usuli sifatida qo‘llanilib, yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildirgan. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.
Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasida ham mavjud bo‘lgan. Masalan, daosizm falsafasiga ko‘ra, dunyoda hech narsa doimiy emas. Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o‘tmoq zarur. Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma narsa o‘tkinchi, doimo paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonida bo‘ladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uyg‘oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o‘zgargan o‘shadir va aksincha, o‘sha o‘zgargan budir»1. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va hakozo.
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z ta’limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo‘nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga ko‘ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o‘lishiga yo‘nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning yo‘qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.
Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning neoratsionalizmi vujudga keldi. U bilish jarayonida ratsionalizm bilan empirizmning doimiy (dialektik) o‘zaro ta’sirini ko‘rdi. Bashlyar noklassik fan tushunchasini kiritdi. Unga xos narsa, qandaydir uzil-kesil haqiqatlardan voz kechish, ochiqlik (eksperimental raddiyaga tayyorlik), yangi empirik ma’lumotlarni tushunarli umumlashtirishga sintezlashtiruvchi layoqat, bilimning turli shakllari, tuzilmalari va sohalari o‘rtasidagi yangi aloqalarni topishdir. Aloqalarni, jumladan qarama-qarshiliklar birligini anglash, bu dialektikaga xos anglashdir. Dialektika – bu dunyoni shunday tushunishki, va uni ongli ravishda o‘rganishning shunday usuliki, bunda turli hodisalar, ularning turli-tuman aloqalari, qarama-qarshi kuchlarning o‘zaro ta’siri, o‘zgarish va rivojlanish jarayoni bilan birlikda qarab chiqiladi.

Yüklə 275 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin