Materiallarni o'rganish. Har qanday ilmiy tadqiqot ishlari oldingi tadqiqot tajribalari, tadqiqot materiallarini va ilmiy izlanish olib borilayotgan sohaga yaqin sohalardagi tadqiqotlar materiallarini o'rganish va tahlilidan boshlanadi. Tadqiqot mavzusi doirasida o'zidan oldingi olib borilgan tadqiqotlar natijasidan xabardor bo'lmagan izlanuvchi ko'p hollarda allaqachon yechimga ega muammo yoki masalaga behuda kuch va vaqtini sartlaydi.
Tadqiqot mavzusiga oid materiallarni o'rganishni ikkita bosqichga bo'lish mumkin: Birinchi bosqich. Ma'lumotlar manbalarini aniqlash. Bu bosqichda tadqiqot mavzusiga oid yo'nalishda chop etilgan ilmiy asarlar (monografiyalar), brashyuralar, jurnallarda chop etilgan maqolalar dissertatsiya ishlari va ulaming avtoreferatlari, referativ jumallar, ilmiy to'plamlarda chop etilgan maqolalar internet saytlarida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqiladi.
Tanishib chiqilgan ma'lumotlar manbalari va ularda tadqiqot mavzusiga oid masalalar bo'yicha erishilgan yechimlar birlamchi ma'lumotlar kartochkasiga tushirilib ma'lumotlar kartotekasi shakllantiriladi. (2.3-rasm).
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda to'plangan ma'lumotIar manbalari o’rganib chiqiladi va ular tahlil qilinadi.
Har bir ma'Iumot manbayida keltirilgan ma'Iumotlar va yechilgan masalalar bilan oldin tanishib qarab chiqiladi va ular siz olib borayotgan tadqiqot mavzusiga yaqin bo'lsa, uni o'qib chiqib chuqur tahlil qilinadi.
Axborot manbalari bilan tanishib chiqish (qarab chiqish) jarayonida undagi keltirilgan annotatsiya, mundarijadagi bandlarni nomlanishidan uni siz olib borayotgan tadqiqotlar bilan qay darajada yaqinligi haqida ma'lum bir xulosaga kelinadi. Tanishib chiqilgan ma'lumotlar manbayida yechilgan muammo yoki masala siz olib borayotgan tadqiqotlar bilan bevosita bog'liq bo'lmasa bunday holda ushbu manba undagi yoritilgan masalalar haqida qisqacha xulosa shakllantirilib undan zarur bo'lganda foydalanish uchun konspekt tuzib qo'yiladi.
O'rganib chiqish jarayonida keltirilgan materiallar tadqiqot mavzusiga oid bo'isa uni chuqur o'rganib chiqiladi va natijalari quyidagi tartibda qisqacha yozib olinadi (2.4-rasm).
Tadqiqot mavzusiga oid sizdan oldin olib borilgan ilmiy izlanishlar qayd etilgan ma'iumotlar (axborotlar) manbalarini o'qib o'rganib chiqish natijalari sxema bo'yicha (2.4-rasm) qayd etilishi va quyidagi tartibda tanqidiy tahlili amalga oshirilishi lozim:
- tadqiqot olib borilayotgan yo' nalishda fanni erishgan yutuqlarini qayd etish;
- tadqiqot olib borilayotgan sohadagi ilg'or usullar, original g'oyalami aniqlash;
- ilmiy tadqiqot mavzusiga oid muammoni (masalani) yechimi bo'yicha oldin olib borilgan tadqiqotlar kamchiliklarini ko'rsatish;
- tadqiqot mavzusiga oid izlanishlar olib borishni keyingi bosqichlarini belgilash;
Tadqiqot mavzusiga oid izlanishlarni tanqidiy tahlili, ayniqsa aniqlangan kamchiliklar asoslar va aniq dalillarga suyangan holda amalga oshirilishi va undagi kamchiliklar (tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmaganligi, uslublari eskirganligi, o'lchov priborlarini yetarli aniqlik ko'rsatkichlarga ega emasligi va h.k.lar) aniq ko'rsatilishi kerak.
Tadqiqot mavzusiga oid va unga turdosh sohalarda olib borilgan oldingi ilmiy izlanishlar natijalari o'rganilgan manbalarda ko'zlangan maqsadga erishishni ta'minlovchi faktorlarning muhimligi va salmog'ini baholashda mualliflar fikr va xulosalari bir xil bo'lmagan hollarda fikrlarni o'zaro to'g'ri kelishi darajaviy korrelatsiya usulida matematik tahlili o'tkaziladi. Tahlil natijasi asosida belgilarni (alomatlarni) muhimligi haqidagi fikrlar (muvofiqlik) darajasi qiymati (kattaligi) aniqlanadi va bu kattalik konkordatsiya koeffitsiyenti deb ataladi.
Barcha o'rganilgan manbalarda mualliflar tomonidan faktorlarni muhimligi va salmog'ini baholanishi to'la o'zaro to'g'ri kelsa konkordatsiya koeffitsiyenti 1 ga teng bo'ladi.
Ma'lumotlar manbalarida keltirilgan belgilar rangi (darajasi) yig'indisi qancha kichik bo'lsa ushbu belgi ko'proq muhim ekanligini ko'rsatadi. Ilmiy tadqiqotning navbatdagi bosqichi ishchi gipotezani shakllantirish, ishlab chiqishdir.
Ishchi gipoteza. Fan va texnikadagi mavjud bilimlar tanlangan yo'oalishda yangi muammoni qo'yish (belgilash) yoki hali yechilmagan masalalarni ko'rsatib berish uchun yetarli bo'lsada ularni yechish uchun yetarli emas. Yuzaga kelgan yangi ilmiy muammoni yechish uchun yangi ilmiy bilimlar, yangi dalillar kerak bo'ladi. Tadqiqot o'tkazilayotgan muammoga (mavzuga) oid to'plangan dalillar ilmiy izlanish olib borishda muhim ahamiyatga ega bo'lsada ular o'z o'zidan ilmiy taraqqiyotni tashkil qilmaydi va ular muammoni yechimiga erishish bo'yicha ma'lum bir takliflarni, ya'ni gipotezalarni ilgari surishga kerak bo'ladi.
lshchi gipoteza - kuzatilayotgan dalillami kelib chiqish sabablari ehtimoli haqida yoki bo'lmasa voqelik va jarayonlari nazarda tutilayotgan (ko'zda tutilayotgan) rivojlanish haqida tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan asoslangan taxmin (bashorat).
lshchi gipotezada tadqiqot obyekti (voqelik, jarayon va h.k.) bo'yicha mavjud bilimlar doirasidan kengroq mazmunda shakllantiriladi, yangi ilmiy natijalarni izlashga asos bo'lib xizmat qiluvchi ehtimollik xarakteriga ega yangi g'oyalar ilgari suriladi. Fanning rivojlanishi shakli sifatida gipotezaning mohiyati va bahosi ham ana shundadir. Gipoteza bu shunday faraz yoki taxminki (bashoratki), birinchidan, u fanning ushbu sohasidagi (masalan, energetika, texnika, termodinamika va boshqa sohalar) ilmiy asosda belgilangan farazlar va qonuniyatlarga zid bo'lmasligi kerak, ikkinchidan, qilingan faraz yoki taxminni haqqoniyligi (chinligi) ehtimolligiga asoslangan yoki asoslash mumkin bo'lishi kerak.
Agarda ilgari surilgan gipoteza (faraz yoki taxmin) amalda to'la o'z o'rnini egallagan ilmiy (polojeniyalarga) zid bo'lib chiqsa uni ilmiy gipotezalar qatoriga kiritib bo'lmaydi. Bunga misol qilib doimiy dvigatel yaratish ehtimolligi energiyani saqlanish qonuniga zidligi va bu farazni ilmiy gipoteza deb qabul qilib bo'lmaydi.
Ishchi gipotezadan talab qilinadigan minimal talab tadqiqot olib borilayotgan obyektdagi jarayonni yoki vaqtni kechishiga ta'sir etuvchi shartlar, ta'sir etuvchi ko'rsatkichlarni belgilab beradi. Maksimal talab esa, tadqiqot olib borilayotgan obyektda jarayon yoki voqelikni kechishini to'la yoki unga yaqin darajadagi ehtimollikda ochib beradi, unga nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida ishchi gipotezani isbotlash yo'li bilan erishiladi. Asoslangan, isbotlangan va rivojlantirilgan ishchi gipoteza ilmiy, nazariy daraja o'sadi. Aniq va keng qamrovda yaratilgan ishchi gipoteza nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodika!ariga o'rganilayotgan vaqtlik yoki obyektni ifodalovchi o'lchanadigan aniq parametrlami kiritilishiga imkon beradi va bu esa o'z navbatida tadqiqotlarning keyingi bosqichlarida olib boriladigan ishlarni yengillashtiradi.