2-Mavzu: Ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlash va ilmiy muammo. Tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish



Yüklə 157,67 Kb.
səhifə2/5
tarix17.09.2023
ölçüsü157,67 Kb.
#144692
1   2   3   4   5
2-mavzu ma\'ruza matn

Ilmiy muammoni qo'yish - muammoni izlash, muammoni qo'yish va rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Muammoni izlash - ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo'lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog'liq muammoni misol qilib olishimiz mumkin. Ayrim muammolar unchalik ravshan bo'lmasada, shubhasiz bo'lib, yirik ilmiy texnik muammolar sirasiga kiradi. Masalan, o'ta yuqori o'tkazuvchanlikka ega elektr energiyasini uzatish tarmog'ini yaratish yoki bo'lmasa quyosh energiyasidan elektr energiyasi olish samarasini oshirish va h.k.lar. Ushbu yirik ilmiy texnik muammolar tarkibiga ko'plab mayda muammolar kirib ketadi. Amaldagi natijalar kutilgan ko'rsatkichlardan keskin farq qilishi natijasida muammolar yuzaga kelishi ko'p uchraydigan holdir. Masalan, nazariy va amaliy bilimlar asosida aniq va mukammal bajarilgan hisoblar bo'yicha yaratilgan elektrotexnik qurilma yoki uskuna, ulardan muayyan bir sharoitda foydalanish davomida tez-tez ishdan chiqib turishi, qurilma yoki uskunani pasportida belgilangan energetik ko'rsatkichlami amaldagidan farq qilishi va h.k.lar. Elektrotexnik uskunalaming texnik ishonchliligini, ekspluatatsion samaradorligini o'rganish bilan bog'liq, zaruriyat elektrotexnik uskunalar va elektrotexnik qurilmalaming ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini yuzaga keltiradi.
Ilmiy muammolarni izlash va shakllantirishda ularni yechish uchun o'ylab qo'yilgan tadqiqotlardan kutilayotgan natijalarni amaliyot ehtiyojlari (talablari) bilan o'zaro munosabati quyidagi uchta prinsipga mos kelishi muhimdir:
- belgilab olingan yo'nalishda, ushbu muammoni yechimisiz texnikani kelajakda rivojlanish imkoni bormi?
- ko'zda tutilgan tadqiqotlar natijasi texnika sohasiga aniq nima beradi?
- belgilangan ilmiy muammo bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlar natijasida olinishi ko'zda tutilayotgan bilimlar yangi qonuniyatlar, yangi usul, texnologiya va texnik qurilmalar bugungi kundagi fan va texnikadagi mavjudlariga qaraganda (nisbatan) katta amaliy ahamiyatga egami?

Yüklə 157,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin