2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni



Yüklə 198,15 Kb.
səhifə7/12
tarix04.12.2022
ölçüsü198,15 Kb.
#72297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 мавзу

Mulkdor moddiy va intellektual mulk ob`ektlariga ega, ularni tasarruf etish va ulardan o`z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish xuquqiga ega jismoniy shaxsdir.
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:
s daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga mo`ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;

  • shaxsiy iste`molga mo`ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qo`shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o`rta mulkdorlar;

  • yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.

Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta`sir etadi? Birinchi navbatda, psixologik xususiyatlar ta`sir ko`rsatadi. Odamni zo`rlab mulkdorga aylantirib bo`lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo`lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. CHunki odamlarga haddan tashqari uzoq vaqt mobaynida xususiy mulk va uning sohiblarini boshqalarga nisbatan tashabbuskorroq va tadbirkorroq bo`lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlarni yomon ko`rish va ularga ishonmaslik hissi singdirib kelindi.
Endi esa zamon o`zgardi, xususiy mulkka munosabat ham o`zgarmoqtsa, lekin eski tasavvurlar hali xam mavjud. Ko`pchilik davlatning g’amxo`rlik qilishiga umid bog’lab o`tirmasdan, o`z farovonligi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga hali tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yo`lidagi jiddiy to`sikdir.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo`llaridan biri -tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta`minlash katta ahamiyatga ega. Aktsiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko`p qirrali bo`lib, u bozor iqtisodiyoti sub`ektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari keng yoyilgan.
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:

  • davlat ulushi;

  • mehnat jamoasi ulushi;

  • xorijiy sherik ulushi;

  • fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulushi.

Davlat va mehnat jamoalariga qarashli aktsiya paketlari hajmini Davlat mulk qo`mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday aktsiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Aktsiyalarning ko`shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi.
Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki kimoshdi savdosida jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. Bunda xaridor sotib olingan ob`ektlarga nisbatan ma`lum talablarni bajaradi. Tanlov shartlari O`zbekiston Respublikasi mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy bandlarga ega bo`ladi:

  • auktsionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarini ng mulkdorlariga aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida bo`lgan, sotib olingan mol-mulk tarkibiga kirmagan, turar joy bo`lmagan davlatga qarashli binolar, inshootlar va qurilishlarni ijaraga olish xaqida uzok muddatli (10 yilgacha) shartnomalar tuzish hukuqi beriladi. Ijara shartlari ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan (agar shartnomaning o`zida boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa) faqat taraflarning kelishuviga muvofiq o`zgartiriladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko`rsatish soxasi ob`ektlarining mulkdorlari shu korxonalar egallab turgan er uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga zga;

  • korxona va tashkilotlar, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxona va tashkilotlarning mol-mulki Respublika ko`chmas mulk birjasi va uiing filiallarida auktsion savdoda Davlat mulk qo`mitasi tomonidan tasdiklangan Nizomga muvofiq sotiladi;

  • davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkyugatlarning mol-mulki (iktivlari) faqat Davlat mulk qo`mitasi ruxsati bilan va belgilangan gartibda sotiladi.

Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ista-sekin, biridan ikkinchisiga o`tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida ijara korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo`shma korxonalar, fermer xo`jaliklari, kooperativlar va dexhon xo`jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni tilab kiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:
- birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur`atlari uning samaradorligini kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir naqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini ko`rsatmoqtsa. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, ikqisodiy xulq-atvorning eski stereotiplari uchoqroq saqpanib turadi;

  • ikkinchidan, bir tarmoq (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog’liq boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon bo`ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish kishloq xo`jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. CHunki qishloq xo`jaligiga texnika, o`g’itlar, elektr energiyasi, yoqilg’i etkazib beruvchi korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saklab kolib, o`z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning natijasida agrar sektor katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi;

  • uchinchidan, xususiylashtirishyushg pulli bo`lishi xususiylashtirilayotgan ob`ektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. Viroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki bosqichida tegashli mutaxassislarning bo`lmaganligi ko`pdan-ko`p tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni istagan va shug’ullana oladigan kishilar ko`liga emas, balki tasodifiy kishilar qo`liga o`tib qoladi.

Umuman, keltirilgan muammolar murakkab bo`lishiga qaramay, O`zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega, uni qadrlayotgan va ularni o`z moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilarning katga guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy kudrati oshishi, uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ta`minlanishi, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.


Yüklə 198,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin