tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan kontrakt-bitimlar asosida bajarishadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Ijara korxona – bu mol-mulkni yollash bo‘yicha mulk egasi bilan tadbirkor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat.
Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to‘lov evaziga va ma’lum shartga ko‘ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymatiga va keltiradigan daromadga bog‘liq bo‘lib, o‘zaro kelishuv bilan belgilanadi.
Yer, uy-joy, savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va olish jahondagi ko‘pgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo bo‘la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko‘rinishi bo‘lib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining egasi bo‘lib qoladi.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishiga va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
yagona axborot-so‘rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yo‘nalishi)ni amalga oshirish yo‘li bilan ularning a’zolari faoliyatini umum maqsadlar yo‘lida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro‘yxatga olish uchun ta’sis hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berish;