2-Mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari



Yüklə 323,37 Kb.
səhifə9/16
tarix07.01.2024
ölçüsü323,37 Kb.
#202231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
2-Мавзу

Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko‘radilar va o‘z korxonalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo‘lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko‘rsatadigan korxona tushuniladi.
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko‘rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:

  • mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.

Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan ko‘proq kishilar-ning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o‘z hissasini qo‘shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko‘taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Shirkat a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:

  • har bir hamkorning vakolatlari;

  • bitimning muddati;

  • har bir vakilning umumiy ishga qo‘shgan ulushi;

  • daromadlar va yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni o‘zaro bo‘lish yo‘l-yo‘riqlari;

  • uyushma mablag‘laridan har bir hamkorning olishi mum­kin bo‘lgan aniq va belgilangan pul hajmi;

  • uyushmada amalga oshirish zarur bo‘ladigan moliyaviy ishlar tartibi;

  • yangi hamkorni qabul qilish tartibi;

  • shirkatni tarqatib yuborish tartibi.

Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo‘l qo‘ygan hollarda a’zo bo‘lishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag‘ (aktsiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari o‘zlarining qo‘shgan ulushlari doirasida javobgar bo‘ladi. Shirkat o‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so‘zi qo‘shiladi, bu inglizcha so‘z bo‘lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mav­jud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aktsiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir. Aktsiyadorlik jamiyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyador-larning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda ifodalangan. Ushbu qonunning 2-moddasiga muvofiq:

Yüklə 323,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin