Tovar olib-sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o‘xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o‘rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o‘rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor tahlilini o‘tkazish zarur.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin. (3-chizma).
3-chizma. Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturi.
Umumiy ko‘rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish ti-zimidir. Marketing savdo korxonalari faoliyatini kompleks boshqarishga mo‘ljallangan. Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o‘rganiladi, tovar iste’molchiga yetkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo‘lga qo‘yiladi. Shu yerda savdo korxonasiga bir-biri bilan ikki bog‘liq talab qo‘yiladi, ya’ni iste’molchilarning o‘zgaruvchan harakatiga o‘rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo‘lgan an’anaviy tovarlar tashkil qiladi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o‘rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish funktsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo‘layotgan bo‘lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo‘lajak harajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo‘lgan omborxona, baza, savdo do‘konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to‘lovlarni to‘lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog‘liqdir. Yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo‘lib, ko‘p muddatga cho‘zilsa, ishni bajarish reja jadvali-ni tuzish tavsiya etiladi.
Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko‘rsatuvchi makom bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo‘lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko‘rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko‘rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag‘lari o‘rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag‘larni jalb etish), aktiv (mablag‘larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to‘lovlari bo‘lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch gyryhga bo‘linadi.
Tijorat banklari mablag‘larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to‘lash bilan bog‘liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo‘ladi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zahirasiga ega bo‘lishi kerak.
Fond-birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aktsiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir.