Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog‘liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari haridor tomonidan oldindan ko‘zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozorining turi. Tovar birjasida o‘zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o‘z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo‘yicha sotiladigan tovarlar (don, ko‘mir, metall, neft, yog‘och)ning doimo faoliyat ko‘rsatuvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o‘xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko‘rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fyucher bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo‘yicha kontraktda ko‘rsatilgan tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati ko‘rsatadi;
narxlar to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig‘adi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdaagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo‘ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va haridor o‘rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birja-larda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Tovar birjalari birja operatsiyalari mazmuniga ko‘ra real tovar birjalari va fyuchers tovar birjalariga bo‘linadi.