ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish bilan shug‘ullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, yetkazib beradi.
Nazorat uchun savollar
Tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz?
Yakka tadbirkorlik nima? U qanday turlarga bo‘linadi?
Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkorlikdan nima bilan farq qiladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari qanday turlarga bo‘linadi?
Xolding kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida gapirib bering?