3. Ma’naviyat, uning mezonlari va milliy-ma’naviy
tiklanish haqidagi konsepsiyalar
1
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – T.:
O‘zbekiston, 1996, 203-bet.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
mustaqillikning birinchi kunlaridanoq ma’naviy sohani tubdan yangilash, milliy
merosni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirishning nazariy va amaliy masalalarini ishlab
chiqdi, bu borada olib borilgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Shu tariqa qisqa muddatda ma’naviyat borasida ilmiy asoslangan nazariya va
tashkiliy ta’minlangan dastur –
yuksak ma’naviyat konsepsiyasi
yaratildi.
Binobarin, erkin demokratik davlat va ozod fuqarolik jamiyati barpo etish uchun
zarur ma’naviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, usul va vositalari belgilab berildi.
Bu mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida ma’naviy sohaning eng muhim
va dolzarb vazifalarini kun tartibiga qo‘ydi va bularni hal qilish yo‘llarini belgilab
berdi. Respublikada Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilib, bu sohaning tashkiliy
asosi yaratilgan bo‘lsa, “Ma’naviyat asoslari” fani ta’lim-tarbiya tizimiga kiritildi,
ma’naviyatni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida yuksaltirish dasturi ishlab chiqildi.
“Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy ishlar samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”
2006 yil 25 avgust Qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat jamiyat hayotining juda murakkab va
muhim, ayni paytda o‘ta mas’uliyatli va sharafli sohasiga, ma’naviyat borasida zudlik bilan hal
qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi. Qarorda ta’kidlanganidek, “xalqaro
maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi
murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish,
yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli
munosabatini shakllantirish” davlatimiz va millatimizning kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga
egadir.
Haqiqatan ham, ma’naviyat qanchalik yuksak bo‘lsa, inson qalbida johillik,
yovuzlik, xudbinlik, loqaydlik kabi salbiy illatlarga o‘rin qolmaydi, uning o‘rnida
yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, yaratuvchanlik tuyg‘ulari yuksak darajaga ko‘tariladi,
daxldorlik hissi ortadi, mas’uliyat va ogohlik kuchayadi.
Mustaqilligimizni mustahkamlashda, demokratiyani rivojlantirishda ma’naviyatning
roli nihoyatda kattadir. Chunki, u har bir insonning, ayniqsa yoshlarning ruhan baquvvat
bo‘lishida, o‘z Vatani va xalqi manfaatlarining fidoyilari bo‘lib yetishishida hamda yot
mafkuralarga qarshi kurashida muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy faollik, mas’uliyat va daxldorlik hissining ortishi, o‘z navbatida, O‘zbekiston
xalqi qo‘lga kiritgan istiqlolning ma’no-mazmunini, milliy o‘zligimizni to‘la anglab
yetishda, milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
“Mustaqillik va ma’naviyat” mavzuida fikr yuritganda bu ikki tushuncha bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq, millat taqdiri uchun eng muhim, xalq uchun eng muqaddas ekanini
ta’kidlash joiz.
Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o‘z davlati, o‘z tili, o‘z diniga ega bo‘ldi, milliy
g‘ururi, qadr-qimmati, izzat-obro‘si tiklandi, jahon xalqlari orasida munosib o‘rin egalladi.
Kelajagi buyuk davlat, ulug‘vor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qudratli ma’naviyat
zamirida vujudga keladi va amalga oshiriladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning
ma’naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Shu bois ham ma’naviyat
va ma’rifatga doimo katta e’tibor berib kelinmokda. Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz
o‘zligini tanib, o‘z shajarasini idrok etmokda, tarix oldidagi buyuk vazifasi – missiyasini
anglab olmoqda va amalga oshirmoqda.
Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish va merosni tiklash
yo‘lida ko‘zlangan maqsad to‘la amalga oshirildi va keyingi bosqichlardagi dolzarb vazifalar
uchun zamin hozirlandi. Ma’naviy, g‘oyaviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham
berildi. Ijtimoiy o‘zgarishlar bilan birga milliy ma’naviyatimiz ham yuksala bordi.
Ma’naviyati yuksak xalqni qul yoki qaram qilish, istibdod yoki jaholat zulmi ostida
saqlash mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov,
Mustaqillik va ozodligimiz kafolati sifatida maydonga chiqib,
Dostları ilə paylaş: |