Diniy madaniyatning zamirida sharq xalqlari kalomi, ya’ni e’tiqod ilmi tafsir
yoki Qur’oni karim sharhi, hadis, axloq, tarix, dunyoviy bilimlarni egallash yotadi.
Inson e’tiqodi bilan tirik, e’tiqodi bilan aziz va mukarramdir. Diniy qadriyatlar
imon,
e’tiqod kabi ichki qurilish qoidalari, ma’naviy madaniyatning
muhim tarkibiy
elementidir. Demak, imon, e’tiqod, birovga yaxshilik qilish, bilim olish,
kambag‘allarga, yetim-yesirlarga yordam berish, vijdonlilik, sabr, poklik, sahovat,
halollik, insoniylik kabi qadriyatlar asosida targ‘ib etiladi.
2. Ma’naviyat va madaniyat, ularning o‘zaro munosabati
Ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo, ular bitta
narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi.
Shuning bilan birga, ular bir-birini
to‘ldirib turadi. Madaniyat tushunchasini izohlashga bag‘ishlangan juda ko‘p ilmiy
adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni esa 260 tadan
oshib ketgan. Mualliflar bu tushunchaga o‘z nuqtai nazaridan yondashadilar. Bunga
sabab, madaniyatning ko‘p qirrali, murakkab, ma’naviy-ijtimoiy
hodisa ekanligi,
uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarini qamrab olganligidir.
Madaniyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi
tomonlar mavjud. Jumladan, ularni umumlashtiradigan bo‘lsak,
Dostları ilə paylaş: