2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix20.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#166182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу (1)

ivilizatsiya
– ma’lum bir 
tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo‘lga 
kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui. 
Sivilizatsiyaning madaniyatdan farqi shundaki, u o‘ziga xos bo‘lgan, 
o‘zgalardan tubdan farq qiladigan, ammo o‘z davri taraqqiyotida takrorlanmas iz 
qoldiradigan fan, madaniyat, texnika, ijtimoiy ong, ma’naviyat va boshqa 
sohalardagi yuqori ko‘rsatkich sanaladi. Uning xarakterli tomoni shundaki, u 
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: Sharq, 1998, 2-bet.


o‘zidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga o‘xshamagan 
o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi.
Sivilizatsiya har bir xalqning yohud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga 
xos tarixiy-madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti 
hisoblanadi.
Madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson 
ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda 
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqilikning dastlabki kunlaridanoq 
o‘tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. 
Qadriyat tushunchasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
 
Kishilar ma’naviy 
olamining shakllanishi va taraqqiyoti, ularning ma’naviy boyishi uchun qadr-
qimmatga ega bo‘lgan narsa – xodisalar ma’naviy qadriyatlar deyiladi. Ular inson 
faoliyati, mehnati, yaratuvchanligi, ijodkorligining mahsuli hisoblanadi. Masalan, 
rassom, shoir, faylasuf, fizik, olim san’at asarlari, ilmiy tadqiqotlar, olam haqidagi 
asarlarning mualliflari sifatida ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchilardir. Bunday 
ijodiy jarayonda ulkan aqliy kuchlar sarflandi, tafakkurning eski andozalari bartaraf 
etiladi. Olimlarning fikrlari, shoirlarning qaynoq kechinmalari, ilmiy kashfiyotlar 
sirlari predmetli – moddiy tusga kirar ekan, ishlab chiqarishning boshqa sohalari 
ham bunga safarbar etiladi. Yaratilgan buyumlar oddiy emas, balki madaniyat 
predmetlari, ma’naviy ishlab chiqarish predmetlari, buyumlari sifatida yuzaga 
keladi. Ularda bilimning asoslari, insoniy munosabatlarning tajribalari gavdalanadi, 
bizning ongimizga go‘zallik, ezgulik, haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlarni olib kiradi. 
Ularning qadriyat kategoriyasi sifatida e’zozlanishining boisi ham ana shunda.
Shunday qilib, ma’naviy qadriyatlar – kishilar ma’naviy faoliyati mahsuli, 
bilishning murakkab jarayoni natijasi o‘laroq, bilim, hayot, qarash, malakalar 
samarasidir.
Qadriyatlar insoniyat tomonidan fan, texnika, axloq, odob, tafakkur, ishlab 
chiqarish va boshqa sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlarda namoyon bo‘ladi. 
Qadriyatlar milliy, diniy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘linib, ular 
orasida doimiy o‘zaro munosabat mavjud. 
Ma’naviyat va mafkura bir-biri bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat 
insonning ruhiyati, o‘z-o‘zini anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, 
mafkura ma’lum bir davlat, jamiyat, millat, sinf va ijtimoiy guruhlar huquqiy
falsafiy, badiiy, diniy g‘oya, nazariya va qarashlar tizimi hisoblanadi.
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud 
millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat 
taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. Mafkura jamiyat taraqqiyotida quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
birinchidan,
davlat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-
ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi;
ikkinchidan,
bir davlat, bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolarni, turli millat, 
elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat 
qiladi;


uchinchidan,
davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida 
mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi;
to‘rtinchidan,
davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik
bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatlarini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga 
yo‘naltiradi;
beshinchidan,
xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud 
bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga 
keltiradi;
oltinchidan,
mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-
ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday roliga 
qaramay, mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda umuman mafkuraga 
uning mohiyatini tushunganlar ham, tushunmaganlar ham qarshi kurash boshlab 
yuborgan edilar. Ya’ni, hech qanday mafkuraga ega bo‘lmagan, mafkuraviy 
bo‘shliqqa asoslangan, o‘z g‘oyasiga ega bo‘lmagan jamiyat qurish kabi qarashlarni 
ilgari sura boshladilar. Bu jarayon Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 
2001 yil 6 aprelda respublikamizning bir guruh jamoatchilik vakillari bilan 
uchrashuvida “Milliy istiqlol mafkurasi”ni yaratish vazifasini kun tartibiga 
qo‘yguncha davom etdi. “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura 
bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi mumkin. Ikkinchidan, 
qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura 
hukmronlik qilish tayin”,- deb ta’kidlagan edi. Buni har bir inson chuqur anglashi 
kerak. Negaki, jamiyat a’zolarining mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, 
maqsadi bo‘lmasa inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida davlat va jamiyatlar paydo 
bo‘libdiki, ular egizak holatda mafkuraviy qarashlar bilan mavjud bo‘lgan. Milliy 
mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini
jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart
1
.
Milliy g‘oya birinchi navbatda yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat 
ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini 
payvand qilishdek olijanob ishlarda madadkor bo‘lishi zarur. 
Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishni 
o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilishi, shu 
bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib 
beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak. 
Mafkura – umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan 
g‘oyalar birligidir. Ammo uning ildizlari har bir insonning vijdonida, imonida, aql-
idroki va tafakkurida. Shu bois, haqiqiy, hayotiy chuqur, insoniy mafkurasi bor xalq, 
mamlakat va jamiyat qudratlidir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin