Word matn muxarriri imkoniyatlari. -Matnni kiritish, taxrir qilish va ko’zdan kechirish;
-Qator oraliqlari abzatsini o’rnatish;
-Avtomatik tarzda matnni saxifalarga bo’lish;
-Matn qismni ajratish va uni kerakli joyga nusxalash;
-Xujjat mundarijasini tuzish;
-Matematik, kimyoviy formulalarni yozish;
-Xar xil shriftlarda – oddiy, og’ma, tagiga chizib yozish;
-Bir vaqtda bir nechta oynada xujjat tayorlash;
-Matnda xar xil shakl, grafik va rasmlardan foydalanish;
-Turli ma’lumotli jadvallar tuzish;
-Avtofiguralar chizish, titul varaqalarini jihozlash va shu kabi yana bir turkum ishlarni bajarishi mumkin;
Office dasturlari paketi va uning tarkibi. Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash ko’p vaqt talab qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni taxrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi MICROSOFT OFFICE paketi dasturini ishlab chiqdi.
Bu dastur kundan kunga ko’pgina kerakli dasturlarni o’z ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng ko’p foydalanadiganimiz Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point va h.k.
Microsoft Office paketiga murojaat etish uchun Pusk → Programmi → Microsoft Office dasturiga sichqonchani olib kelishimiz kifoya. Shunda ekranimizda qo’shimcha muloqot oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada:
Ma’lumotlar bazasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: