2-mavzu: Matnli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə3/8
tarix06.09.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#141706
1   2   3   4   5   6   7   8
2 maruza.AKTFQ

Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’liq bo’lmasligi lozim, yahni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan,MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda mahlum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, yahni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.

Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallar(EJ)ni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. Bunda jadvallar yaratish, formulalar hosil qilish, diagrammalar xosil qilish, ma’lumotlarni saralash uchun mo’ljallangan dastur;
Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuPerCalc, quatPrio va shunga o’xshash EJli dasturlardan foydalanilgan. Windows muhiti yaratilgandan keyin, ayniqsa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Officening EJli dasturi Microsoft Excel dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Excelda tayyorlangan xar bir xujjat (ma’lumotli jadval) Windowsda qabul qilingan ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Kniga) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish soxasi bu – Ish kitobi bo’lib, u 255 tagacha varaqlardan (list) dan iborat bo’lishi mumkin. Ularni ish varaqlari deb ataladi. Ish varag’ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Xar bir ish varag’i List1, List2, ... nomlar bilan atalgan bo’lib, ular jadvalning pastki qismidagi yorliqchalarda ifodalangan. Foydalanuvchi bu nomlarni xoxlaganicha o’zgartirishi mumkin. Buning uchun shu nomlar yozilgan yorliqlarni sichqoncha yordamida tezda ikki marta tanlash kerak. Shundan so’ng yangi nomni terish mumkin. Buning boshqa yo’li Format tavsiyanomasining List bo’limidagi Pereimenovat buyrug’idan foydalanish mumkin. Bir ish varag’idan boshqasiga o’tish uchun mos yorliqni sichqoncha yordamida tanlash kifoya.
Excel EJining boshqa dasturlardan asosiy farqli tomoni, unda formulalar satri deb atalgan satrning mavjuddir. Bu satr uch qismdan iborat bo’lib, birinchisi shu satrning chap tomonidagi kichkina qismi ismlar maydoni, o’ng tomonidagi katta qismi formulalar maydoni va o’rtdagi qismi esa formulalar ustasini ishga tushiruvchi belgi tasvirili (fx) tugmadan tashkil topgan. Xar bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ularning kiritilishi tartibi bilan keying safar tanishib chiqamiz.



Anketalarni joylashtirish (kadrlar bo’limi) uchun yaratilgan dastur;
Internet tizimi orqali kiruvchi xatlarni o’qish imkoniyatiga va xat yuborish imkoniyatiga ega dastur;

Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu ko’p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu o’rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat stsenariyni o’ylab topishdir. Namoish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan xolda seminarlar, konferentsiyalar, bitiruv ishlari himoyalari xamda o’quv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy xolga aylandi.
Namoyish – bu MS POWER POINT yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va ularni ko’rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to’plamdan iborat bo’lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo’lishi xam mumkin.

Har xil turdagi taklifnoma (открытка)lar, bukletlar yaratish imkonini beruvchi dastur;

Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo’ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo’lib, uni matn muharriri deb atashadi. U xar xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar xamda risolalar xam tayyorlash mumkin.Word -matn kiritish, tahrirlash, nusxa olish, formatlash, jadval o’rnatish, grafik o’bektlar qo’yish va umuman matnlar tayyorlash dasturidir.
Wordda xujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko’plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko’rsang shuni olasan, yahni ekranda qanday ko’rinsa, chop etilganda qog’ozda xam shundayligicha ko’rinadi) turidagi muharrirlar guruxiga kiradi
Odatda Word matnli fayllarni o’zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo’llash uchun qabul qilingan. RTF formati o’zining matnli tuzilmasi bo’yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo’lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega.
Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta uskunalar panellari (lentalar) ishlatiladi.

Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin