Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida- tarif stavkasi (maoshi)
bo‘yicha ish haqidan tashqari, ishchilarni mukofotlash haqidagi korxonada ishlab chiqilgan
qaror, jamoa shartnomasi yoki korxona boshqaruvchisi buyrug‘i (farmoyishi) asosda
qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun mukofot
to‘lanadi. Mukofotlash oylik yoki undan uzoqroq muddat (chorqalik) ish natijalari asosida
amalga oshirilishi mumkin.
2. Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida - ish haqi haqiqatda bajarilgan ish
(tayyorlangan mahsulot) uchun, bir birlik ishga to‘lanadigan amaldagi narxlar bo‘yicha
hisoblanadi. Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash, mehnatni tashkil etish usuliga bog‘liq
holda individual va jamoaviy (brigada)larga bo‘linadi.
Mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning individual shaklida, ishchini uning mehnati
uchun mukofotlash, to‘liq individual ravishda ishlab chiqilgan mahsulotlar soni, uning
sifati va ishbay bahosiga bog‘liq.
Mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning jamoaviy (brigada) shaklida, butun
brigadaning ish haqi haqiqatda bajarilgan ish hajmi va uning bahosini hisobga olgan holda
aniqlanadi. Brigadadagi har bir ishchining ish haqi esa, butun brigada tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmiga hamda ishchining umumiy hajmdagi ish miqdori va sifati
ulushiga bog‘liq bo‘ladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimisi, ish haqi hisoblashning usuliga bog‘liq
holda quyidagilarga bo‘linadi:
- to‘g‘ri ishbay; - ishbay-mukofot; - ishbay-progressiv; - bilvosita; - akkord. To‘g‘ri ishbay shakli - ish haqi, o‘rnatilgan ishbay narxlar bo‘yicha haqiqatda
bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.