uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati, ishlab chiqarish
me’yoriy vaqtlari va baholari asosida aniqlanadi. Brigadaga butun asosiy va
yordamchi
ishlar yig‘indisi nazarda tutilgan akkord topshirig‘i topshiriladi. Topshiriqda ish
boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek ish haqi va mukofotlar qiymati ish sifati e’tiborga
olingan holda ko‘rsatiladi. Muddatidan ilgari bajarilgan hollarda,
mukofot miqdori
oldindan ma’lum bo‘ladi. Akkord tizimi ishlab chiqarish davri uzoq muddat davom
etadigan ishlarda va qurilishga ixtisoslashgan, avtotransport tashkilotlarida qo‘llaniladi.
5. Mehnatga haq to‘lash va undan undiriladigan ushlanmalar hamda
ajratmalar hisobi
21-son BHMSda korxona xodimlariga ish haqining barcha turlari: mukofotlar,
yordam pullari, ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar
bo‘yicha joriy qarzdorliklar hisobini yuritish uchun 6710-"Xodimlar
bilan ish haqi
bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlar
mo‘ljallangan.
6710-"Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida
hisoblangan
mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha yordam pullari va boshqa
shunga o‘xshash summalar, hisobvaraqning debetida
- hisoblangan ish haqidan
ushlanmalar aks ettiriladi.
6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvarag‘ida olinmagan ish haqlari bo‘yicha
ishchilarga qarzlar aks ettiriladi.
Deponentlar bilan hisoblashishlar hisobi, berilmagan ish haqi reestri ma’lumotlari
asosida to‘ldiriladigan deponentlashtirilgan ish haqi kitobida yuritiladi.
6710-"Xodimlar
bilan
ish
haqi
bo‘yicha
hisob-kitoblar"
va
6720-
"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlari tahliliy hisobi, korxonaning har bir ishchisi
bo‘yicha ishchi va xizmatchilar shaxsiy hisobvaraqdan (T-54 va T-54a shakllar)
foydalangan holda yuritiladi.
Eski hisobvaraqlar rejasi va 21-son BHMSining, xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash
va boshqa muomalarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobvaraqlari va provodkalari
o‘rtasidagi ahamiyatli farqlar quyidagilar:
- xodimlarga mehnat haqini to‘lash bo‘yicha berilgan bo‘naklarni
hisobga olish
uchun mo‘ljallangan 4210-"Mehnatga haq to‘lash uchun berilgan bo‘naklar" aktiv
hisobvarag‘i, shuningdek boshqa bo‘naklarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan 4220-
"Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar", 4230-"Umumxo‘jalik xarajatlari uchun
berilgan bo‘naklar" va 4290-"Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar" aktiv hisobvaraqlari
alohida ajratib chiqarilgan;
- xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarini
hisobga olish uchun
mo‘ljallangan aktiv hisobvaraqlar alohida ajratib chiqarilgan, jumladan:
4710-"Xodimlarning qarzga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i,
4720-"Xodimlarga berilgan zayomlar (qarzlar) bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i,
4730-"Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i,
4790-"Xodimlarning boshqa qarzlari" hisobvarag‘i;
- o‘z vaqtida berilmagan va deponentlashtirilgan ish haqini hisobga olish maqsadida
6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" passiv hisobvarag‘i alohida ajratib chiqarilgan;
- shuningdek ta’sischilarning ustav kapitaliga qarzlarini hisobga olish 4610-
"Muassislarning ustav kapitaliga badallar bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i va ta’sischilar
oldida qarzlarni hisobga olish 6610-"To‘lovga dividendlar" va 6620-"Chiqib ketgan
muassislarga ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar" hisobvaraqlari ajratib chiqarilgan.
Har yilgi va qo‘shimcha ta’tillarga hisoblangan summalar hisobot oyining ish haqi
fondiga faqatgina hisobot oyiga to‘g‘ri keladigan ta’til kunlari bo‘yicha
summalar
miqdorida kiritiladi. Ta’tilning bir qismi kelgusi oyga o‘tgan taqdirda, ushbu kunlar uchun
to‘langan ta’til summasi hisobot oyida berilgan bo‘nak tariqasida hisobga olinadi va 4290-
"Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar" hisobvarag‘ining debetida va 5010-"Milliy
valyutadagi pul mablag‘lari" hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Kelgusi oyda ushbu
summa mehnatga haq to‘lashning fondiga kiritiladi va 4290-"Xodimlarga berilgan boshqa
bo‘naklar" hisobvarag‘i bilan korrespondentlangan holda 6710-"Xodimlar bilan ish haqi
bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: