2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi


 Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix06.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi

3. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi 
Tarifsiz tizimi - ishchining ish haqi miqdori har doim bo‘liqiyining yoki korxonaning 
yakuniy ish natijalariga bog‘liq bo‘lib, ish haqining umumiy fondi shu natijalarga muvofiq 
ravishda aniqlanishidir. 
Tarifsiz tizimini qo‘llaganda mehnatga haq to‘lash miqdori, ish beruvchining yoki 
korxona mulkdorlarining imkoniyatlari hisobga olingan holda mehnatga haq to‘lash uchun 
yo‘naltirilgan mablag‘ hajmidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda ishchiga, faqatgina, uning 
oylik ish haqi miqdori (ish vaqti me’yori to‘liq ishlab berilgan va mehnat me’yori 
bajarilgan hollarda) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan 
past bo‘lmasligi kafolatlanadi.
Tarifsiz tizimlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. o‘zgaruvchan maoshlar tizimi, 
2. mehnatga haq to‘lashning komission shakli. 
O‘zgaruvchan maoshlar tizimi 
O‘zgaruvchan maoshlar tizimi - mahsulotni ishlab chiqarish topshiriqlarini 
bajarishda ishchilar mehnat natijalariga (mehnat unumdorligining ortishi yoki pasayishi
mahsulot (ish, xizmat) sifatining oshishi yoki pasayishi, mehnat me’yorlarini bajarishi yoki 
bajarmasligi va hokazo) bog‘liq holda, tarif stavkasi (lavozim maoshi)ga davriy 
o‘zgartirishlar amalga oshirishga asoslanishidir. 
Mehnatga haq to‘lashning komission shakli 
Mehnatga haq to‘lashning komission shakli - korxonaning tashqi iqtisodiy 
xizmati, sotish bo‘limi ishchilariga, reklama agentlariga va shu kabilarga qo‘llaniladi. 
Ishchilarning 
mehnatiga 
haq 
to‘lashni, 
ularning 
faoliyat 
natijalariga 
muvofiqlashtiradigan komission shaklining ko‘p turlari mavjud. Aniq bir usulni tanlash 
korxona qanday maqsadlarni mo‘ljallayotganligiga, shuningdek bozor hamda sotilayotgan 
tovar xususiyatlariga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, agar korxona umumiy sotish hajmini eng yuqori darajaga yetkazishga 
intilayotgan bo‘lsa, u holda odatda, komissionlar sotish hajmiga nisbatan belgilangan foiz 
ko‘rinishida o‘rnatilanadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin