2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi


 Mehnatga haq to‘lash shakllari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix06.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi

4. Mehnatga haq to‘lash shakllari 
Mehnatga haq to‘lash shakllari ikki hil usulda amalga oshiriladi: 
1. Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash 
2. Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash 
Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash 
Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lashda xodimlarga ish haqi ularning haqiqatda 
ishlagan vaqtidan va lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Ish haqi, shu oydagi hamma ish kunini ishlab berish sharti bilan to‘liq 
to‘lanadi. Lavozim maoshi - bu to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdori. 


Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash odatda, xodiqiyining ishini me’yorlashtirish 
yoki bajarilgan ishlarga asoslangan hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda 
qo‘llaniladi. 
Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lashda ishchi yoki xizmatchining ish haqi, uning 
malakasi va ishlangan ish vaqti miqdoriga muvofiq holda aniqlanadi. Rahbar va xo‘jalikni 
boshqaruvchi xodimlarning, navbatchi xodimlarning (chilangarlar, santexniklar, 
elektriklar), ta’mirlovchi hamda mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning va 
hokazolarning mehnatlari vaqtbay asosida to‘lanadi. 
Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash turli xil bo‘ladi
- oddiy vaqtbay; 
- mukofotli vaqtbay. 
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida - ish haqi miqdorini 
hisoblashning asosi qilib xodimlar jadvaliga muvofiq bo‘lgan tarif stavkasi yoki lavozim 
maoshi olinadi. Mehnatga haq to‘lashning saotbay va kunbay shakllarini, vaqtbay 
tizimining turli xillari sifatida ajratadilar. Ish haqi miqdorini aniqlashda, soatlik (kunlik) 
ish haqi stavkasini haqiqatda ishlangan soat (kun)ga ko‘paytirib topiladi. 
Odatda, mehnatga haq to‘lashning bunday shakllari, korxonaning yordamchi va 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslariga nisbatan 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin